Jahon

Qirg‘iziston va Tojikiston ham AQSH viza depoziti ro‘yxatiga kiritildi

AQSH 25 ta yangi davlat fuqarolari uchun viza depoziti talabini joriy etdi.

Qirg‘iziston va Tojikiston ham AQSH viza depoziti ro‘yxatiga kiritildi

 

AQSH Prezident maʼmuriyati fuqarolari AQSHga kirish vizasini rasmiylashtirishda naqd pul depozitini to‘lashlari shart bo‘lgan davlatlar ro‘yxatini kengaytirdi. AQSH Davlat departamenti rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan maʼlumotga ko‘ra, mazkur ro‘yxatga yana 25 ta davlat qo‘shilgan.

 

Yangi tartib 21 yanvardan kuchga kiradi. Unga muvofiq, Jazoir, Angola, Antigua va Barbuda, Bangladesh, Benin, Burundi, Kabo-Verde, Kot-dʼIvuar, Kuba, Jibuti, Dominika, Fiji, Gabon, Qirg‘iziston, Nepal, Nigeriya, Senegal, Tojikiston, Togo, Tonga, Tuvalu, Uganda, Vanuatu, Venesuela va Zimbabve fuqarolari viza arizasini topshirishda 5 ming dollardan 15 ming dollargacha miqdorda depozit to‘lashi lozim bo‘ladi.

 

Depozit miqdori viza suhbati natijasiga ko‘ra belgilanadi. AQSH Davlat departamenti mazkur to‘lov viza berilishi kafolati emasligini alohida taʼkidladi.

 

Maʼlum qilinishicha, viza rad etilgan taqdirda yoki arizachi AQSHga kirishda barcha viza talablariga rioya qilgan bo‘lsa, to‘langan mablag‘ qaytariladi.

 

So‘nggi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, viza depoziti talab qilinadigan davlatlar umumiy soni 38 taga yetdi. Avvalroq ushbu ro‘yxatga Turkmaniston ham kiritilgan edi.

custom img

Rossiya Eronga yordamni kuchaytirmoqda — The Wall Street Journal

Tehronga AQSH kuchlarini mintaqada nishonga olishda yordam berish uchun sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va takomillashgan dron texnologiyasi taqdim qilinmoqda.

custom img

Eron Ali Larijoniyning o‘ldirilishiga javoban Isroilga qarshi zarbalarning 61-to‘lqinini boshladi

Shuningdek, Mujatabo Xomanaiy Isroil mag‘lubiyatni qabul etib, kompensatsiya to‘lamaguncha urush davom etishini ma’lum qilgan.

custom img

Kuba AQSH bilan urushga tayyor — Kuba Prezidenti

Migel Dias-Kanel AQShning orol ustidan nazorat o‘rnatishga urinishiga “qat’iy qarshilik” ko‘rsatishga va’da berdi.

custom img

"Eron bizga hech qanday tahdid solmadi": AQSh Milliy aksilterrorizm markazi rahbari Eronga qarshi urush sabab iste’fo berdi

Jo Kent Eron AQSh uchun hech qanday bevosita xavf tug‘dirmaganini ta’kidlab, ma’muriyat Isroil va uning kuchli bosimi tufayli urush boshlaganini bildirdi.

custom img

Eron Ali Larijoniyning o‘limi uchun Isroildan qasos olishini ma’lum qildi

Isroil hujumlari oqibatida Larijoniyning o‘g‘li va uning o‘rinbosari ham halok bo‘lgan.

custom img

Eron JCH-2026 o‘yinlari Meksikaga koʻchirishni taklif qildi

Bunga Trampning Eron terma jamoasi xavfsizligini kafolatlashning iloji yo‘qligi haqidagi bayonotlari sabab boʻlgan.

custom img

Jahon banki Oʻzbekistonda gaz sizib chiqishini kamaytirish uchun 10,6 mln dollar grant ajratadi

Ta’mirlash ishlari orqali yiliga 47,5 ming tonna gaz sizib chiqishining oldi olinishi rejalashtirilmoqda.

custom img

Erondagi urush davom etsa, dunyoda ochlik rekord darajaga yetishi mumkin — BMT

Mojaro davom etsa, iyun oyiga kelib ochlikdan aziyat chekayotganlar soni 360 milliondan oshishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"