Jahon

Ramzan Qodirov Zelenskiyning “o‘g‘irlash” haqidagi bayonotiga keskin javob berdi

Checheniston rahbari AQShga qaratilgan chaqiriqni Kiyevning tinchlikni istamasligiga dalil deb baholadi.

Ramzan Qodirov Zelenskiyning “o‘g‘irlash” haqidagi bayonotiga keskin javob berdi

 

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning AQSh rasmiylariga Venesueladagi kabi maxsus operatsiya o‘tkazib, uni o‘g‘irlash haqidagi chaqirig‘iga keskin munosabat bildirdi. Bu haqda novosti mail nashri xabar berdi.

 

Qodirov o‘zining Telegram kanalida e’lon qilgan bayonotida Ukraina rahbarini tanqid ostiga olib, bu kabi chaqiriqlarni Kiyevning haqiqiy tinchlikka intilmayotganining yana bir isboti sifatida baholadi. Uning ta’kidlashicha, Zelenskiy bunday g‘oyalarni shaxsan amalga oshirish haqida emas, balki uchinchi tomonlar orqali raqiblarini yo‘q qilishga chaqirmoqda.

 

“U meni o‘g‘irlab ketish haqidagi fikrni ilgari surmoqda, biroq buni o‘zi amalga oshirishga ham urinmaydi. U chetda turib, boshqa birov bu ishni qilayotganini tomosha qilishni istaydi”, — deya yozgan Qodirov.

 

Checheniston rahbari Vashingtonga qaratilgan bunday murojaatlarni xo‘rlovchi deb baholab, ularni Ukraina rahbariyatining tinchlik muzokaralarini buzishga urinishlari bilan izohladi.

 

Shuningdek, Qodirov Chechenistonga qarshi har qanday kuch ishlatish urinishlari og‘ir oqibatlarga olib kelishini ta’kidlab, Zelenskiyni bunday harakatlardan ogohlantirdi.

 

Avvalroq Vladimir Zelenskiy AQSh Venesuelaga nisbatan qo‘llangan “tajriba”ni qo‘llab, Ramzan Qodirovga qarshi Nikolas Maduroga qarshi amalga oshirilgan operatsiyaga o‘xshash choralar ko‘rishi kerakligini bildirgan edi. Uning fikricha, bunday bosim Rossiya rahbariyatini qarorlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qilishi mumkin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ramzan Qodirov Zelenskiyning “o‘g‘irlash” haqidagi bayonotiga keskin javob berdi | Zamon.uz