O'zbekiston

Uchtepada mansabdor shaxs pora bilan qo‘lga olindi

Hokimiyat vakili tadbirkordan noqonuniy ravishda 3 ming dollar talab qilgan.

Uchtepada mansabdor shaxs pora bilan qo‘lga olindi

 

 

Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga jiddiy tahdid soluvchi illat sifatida adolat va qonun ustuvorligiga putur yetkazishi taʼkidlanmoqda. Shu kabi holatlarni bartaraf etish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi hamkorligida navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Zamon.uz ga DXX xabar berdi.

 

Tadbir davomida Uchtepa tumani hokimligining Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va obodonlashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi tadbirkordan noqonuniy ravishda 3 ming AQSH dollari olayotgan paytida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Maʼlum bo‘lishicha, u joriy yilda buzilishi lozim bo‘lgan savdo obyektlari ro‘yxati tuzilayotganini bahona qilib, tadbirkorga tegishli do‘konni ushbu ro‘yxatga kiritmaslik evaziga pul talab qilgan.

 

Hokimiyat vakili o‘zining tuman hokimligida yuqori lavozimda ishlovchi yaqin aloqalari borligini ro‘kach qilib, do‘kon buzilmasligini vaʼda qilgan. Ammo ushbu noqonuniy harakat o‘z vaqtida fosh etildi.

 

Hozirda mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi hamda 28, 211-moddasi 1-qismi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Ayni paytda tergov harakatlari davom etmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Uchtepada mansabdor shaxs pora bilan qo‘lga olindi | Zamon.uz