Jahon

Ukrainadagi mojaro iyun oxirigacha tugashi mumkin — Zelenskiy

Ukraina prezidenti muzokaralar yangi bosqichga chiqqani va urush yaqin oylar ichida yakunlanishi ehtimoli borligini bildirdi.

Ukrainadagi mojaro iyun oxirigacha tugashi mumkin — Zelenskiy

 

Ukrainadagi mojaro 2026 yil iyun oyi oxiriga qadar tugashi mumkin. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiprning Yevropa Ittifoqi Kengashiga raisligi ochilish marosimida maʼlum qildi, deya xabar bermoqda gazeta.ru.

 

Zelenskiyning aytishicha, Yevropadagi hamkorlar, shuningdek, AQSH va koalitsiyaning boshqa aʼzolari bilan olib borilayotgan muzokaralar yangi bosqichga ko‘tarilgan. Uning taʼkidlashicha, urush Kiprning Yevropa Ittifoqi Kengashiga raislik muddati davomida yakunlanishi mumkin. Maʼlumki, Kiprning mazkur raislik muddati 30 iyunda tugaydi.

 

Shuningdek, Zelenskiy dekabr oyi oxirida Fox Nevs telekanaliga bergan intervyusida ukrainaliklarning 87 foizi tinchlik tarafdori ekanini, biroq fuqarolarning 85 foizi Ukraina qo‘shinlarining Donbassdan olib chiqilishiga qarshi ekanini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shinlarni Donbassdan olib chiqish Ukraina uchun “eng yomon ssenariy” bo‘lib, mamlakat xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi va jamiyat tomonidan nomaqbul hisoblanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, 6-yanvar kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, Buyuk Britaniya bosh vaziri Keyr Starmer va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Parij shahrida mojaro yakunlanganidan so‘ng Ukrainada ko‘p millatli kuchlarni joylashtirish bo‘yicha deklaratsiyani imzolagan. Biroq mazkur masalada har bir davlatning aniq majburiyatlari hozircha loyiha bosqichida qolmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Ukrainadagi mojaro iyun oxirigacha tugashi mumkin — Zelenskiy | Zamon.uz