Jahon

Netanyaxu Livanda yangi harbiy operatsiya o‘tkazish uchun AQSH roziligini oldi — KAN

Operatsiya “Hizbulloh” harbiy tuzilmalarini qurolsizlantirishga qaratilgan.

Netanyaxu Livanda yangi harbiy operatsiya o‘tkazish uchun AQSH roziligini oldi — KAN

 

Isroil Livan hududida yangi harbiy operatsiya o‘tkazish uchun AQSHning roziligini olgan. Bu haqda Isroilning KAN davlat teleradiokompaniyasi xabar berdi deydi TASS.

 

Manbalarga ko‘ra, Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu hukumat aʼzolariga AQSH prezidenti Donald Tramp ushbu operatsiyani o‘tkazishga ruxsat berganini maʼlum qilgan. Rejalashtirilayotgan operatsiyaning asosiy maqsadi “Hizbulloh”ning harbiy tuzilmalarini qurolsizlantirishdan iborat.

 

Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlarga “Hizbulloh” qurolsizlanmagan taqdirda, Isroil bu jarayonni mustaqil ravishda amalga oshirish niyatida ekani yetkazilgan. Bu esa Isroilning shimoliy hududlarida yangi jangovar harakatlar boshlanishi va bir necha kun davom etadigan to‘qnashuvlarga olib kelishi mumkin.

 

Eslatib o‘tilishicha, 2025 yil dekabr oyida Livan bosh vaziri Navaf Salam mamlakat hukumati Litani daryosining shimolidagi hududlarda faoliyat yuritayotgan qurollangan guruhlarni qurolsizlantirish rejasining ikkinchi bosqichiga o‘tishga tayyor ekanini bildirgan edi.

 

Shuningdek, Salam Livan armiyasi o‘z vazifalarini to‘liq ado etishi uchun xalqaro hamjamiyat tomonidan harbiy va moliyaviy yordam zarurligini taʼkidlagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Netanyaxu Livanda yangi harbiy operatsiya o‘tkazish uchun AQSH roziligini oldi — KAN | Zamon.uz