O'zbekiston

"Xotinini tepadigan erkaklar sabab bizda Buxoriylar tug'ilmayapti" — Alisher Qodirov

"Milliy tiklanish" partiyasi rahbari bolalarning huquqi haqida gapirib, ota-onalarning bolalarga nisbatan istagan harakatini sodir etishga haqqi yo'qligi, kelgusida yomon xulqli bo'lsa, kaltak jamiyat boshiga sinishini ta'kidladi.

"Xotinini tepadigan erkaklar sabab bizda Buxoriylar tug'ilmayapti" — Alisher Qodirov

 

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov bolalar huquqlarini ta’minlash, oiladagi zo‘ravonlikning oldini olish va jamiyat ma’naviy holati masalalari yuzasidan keskin fikr bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, ota-onalar farzandlariga nisbatan istagan harakatni amalga oshirish huquqiga ega emas. Bolaga nisbatan qo‘llaniladigan zo‘ravonlikning oqibatlari kelajakda nafaqat oila, balki butun jamiyat zimmasiga tushadi.

“Bolani himoya qilish kerak. Uning istagi va manfaatlari inobatga olinishi shart. Bolaga nisbatan zo‘ravonlikni qadriyat sifatida oqlab bo‘lmaydi. Bu qadriyat emas”, — dedi Qodirov.

 

Partiya rahbarining aytishicha, O‘zbekiston qadriyatlarida bola hurmat bilan tarbiyalangan, ayol esa e’zozlangan. Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik kuchaygani sari jamiyatda bilimga, ma’rifatga, axloqqa bo‘lgan munosabat ham zaiflashmoqda.

 

“Bizni qadriyatimizda bolani sizlab katta qilishgan, bizni qadriyatimizda ayolni boshiga ko'tarib katta qilishgan, avaylab-asrab foydalangan, oyog'i bilan tepib foydalanmagan. Oyog'i bilan tepib foydalanadigan erkaklar paydo bo'lgani uchun bizda Buxoriylar tug'ilmayapti, bilimga ishtiyoqi yo'q, kitob o'qishga ishtiyoqi yo'q, atrofini hurmat qilmaydi, jamiyatni hurmat qilmaydi, qo'liga kitob ushlagisi kelmaydi, shunaqa xalq bo'lib qolyapmiz. Nimaga? Chunki biz ayolni ezib tashladik, ayolni qulga aylantirib tashladik. Bu holat kelajak avlod tarbiyasiga bevosita ta’sir qilmoqda”, — dedi u.

 

Alisher Qodirov ota-onaning “men otaman, huquqim bor” degan qarashi noto‘g‘ri ekanini ta’kidlab, bolaga nisbatan zo‘ravonlikni qonunchilikda aniq va qat’iy tarzda taqiqlash zarurligini qayd etdi.

 

Uning fikricha, bolani urib, qo‘rqitib tarbiyalash jamiyatni ma’naviy tanazzulga olib boradi va bunday holat milliy qadriyatlarga mutlaqo zid.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

"Xotinini tepadigan erkaklar sabab bizda Buxoriylar tug'ilmayapti" — Alisher Qodirov | Zamon.uz