Jahon

Eronda Starlink ishga tushirildi

Namoyishchilar Tramp va Ilon Maskga minnatdorchilik bildirmoqda.

Eronda Starlink ishga tushirildi

 

 

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Ilon Maskning Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti Eronda faollashtirilgan. Mamlakatda internet deyarli to‘liq uzib qo‘yilgan bir paytda bu holat norozilik namoyishchilari tomonidan katta qo‘llab-quvvatlash bilan kutib olindi. Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim foydalanuvchilar AQSh prezidenti Donald Tramp va Ilon Maskga internet erkinligi uchun minnatdorchilik bildirgan. Bu haqda Agenzia Nova nashri xabar bermoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Elon Mask Starlink xizmatini Eron bo‘ylab bepul faollashtirgan. Ushbu tizim yer usti infratuzilmasiga bog‘liq bo‘lmagan internet aloqasini ta’minlaydi. Biroq undan foydalanish uchun maxsus sun’iy yo‘ldosh antennalari, router va barqaror elektr manbai talab etiladi. Ayrim tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, Starlink qurilmalari noroziliklar boshlanishidan avval noqonuniy yo‘llar bilan Eronga olib kirilgan.

 

Ayni paytda Eronda norozilik namoyishlari 13 kundan beri davom etmoqda. Hukumat internetni o‘chirib qo‘ygan, rasmiylar esa tartibsizliklarda AQSh va Isroilni ayblamoqda. Huquq himoyachilarining ma’lumotiga ko‘ra, hozirgacha kamida 45 kishi halok bo‘lgan. Namoyishlarda xavfsizlik kuchlari bilan keskin to‘qnashuvlar qayd etilmoqda.

 

Eron davlat televideniyesi ayrim hududlarda namoyishchilar qurollangan holda chiqish qilganini ko‘rsatgan bo‘lsa, mustaqil manbalar tinch aholiga qarshi kuch ishlatilayotganini xabar qilmoqda. Ayrim shaharlarda avtomobillar va binolar yoqib yuborilgan, xalqaro reyslar vaqtincha bekor qilingan.

 

Eron Oliy rahbari Ali Xomanaiy chiqish qilib, namoyishchilarni “xorijiy kuchlar yollanmalari” deb atadi va AQSh prezidenti Donald Trampni beqarorlikda aybladi. Rasmiylar noroziliklarni “terroristik harakatlar” deb baholamoqda. Prokuratura esa namoyishchilarga nisbatan “mohareba” (davlatga qarshi urush) moddasi qo‘llanishi mumkinligini bildirdi, bu esa o‘lim jazosi bilan jazolanadi.

 

Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi va BMT Eron hukumatini kuch ishlatishni to‘xtatishga va tinch namoyishlarga ruxsat berishga chaqirdi. Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat rahbari Kaja Kallas internetni o‘chirish va zo‘ravonlikni “qo‘rquvdagi rejim belgisi” deb atadi.

 

Ayni damda Erondagi vaziyat keskinligicha qolmoqda. Starlink’ning faollashtirilishi esa axborot blokadasini chetlab o‘tishda muhim vosita sifatida baholanmoqda.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Eronda Starlink ishga tushirildi | Zamon.uz