O'zbekiston

Homiladorlik nafaqasi endi sug‘urta muddatiga qarab belgilanadi

O‘zbekistonda homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini tayinlash va to‘lashning yangi tartibi joriy etildi.

Homiladorlik nafaqasi endi sug‘urta muddatiga qarab belgilanadi

 

Ijtimoiy himoya agentligi davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimi doirasida homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni tayinlash hamda to‘lashning yangi tartibi yuzasidan rasmiy tushuntirish berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, mazkur o‘zgarishlar Mehnat kodeksi, «Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida»gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida joriy etilgan.

 

Mehnat kodeksining 404-moddasiga muvofiq, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibi Hukumat tomonidan belgilanadi. Ushbu norma ijrosi doirasida 2025-yil 9-dekabrda «Davlat ijtimoiy sug‘urtasi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinib, sug‘urta staji, to‘lov muddatlari va nafaqa miqdorini belgilash Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiritildi.

 

Shu asosda 2025-yil 17-dekabrda Hukumat qarori qabul qilinib, mehnatga layoqatsizlik, shu jumladan homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalarni tayinlash hamda to‘lashning yangi nizomi tasdiqlandi. Yangi tartibga ko‘ra, nafaqa miqdori sug‘urta stajiga qarab differensial tarzda belgilanadi.

 

Xususan:

  • sug‘urta staji 10 oydan 24 oygacha bo‘lganda — o‘rtacha ish haqining 75 foizi;
  • 25 oydan 60 oygacha — 85 foizi;
  • 61 oy va undan ortiq bo‘lganda — 100 foizi miqdorida to‘lanadi.

 

Ijtimoiy himoya agentligiga ko‘ra, ushbu tartib Mehnat kodeksiga zid emas, chunki nafaqaning minimal miqdori o‘rtacha ish haqining kamida 75 foizi darajasida saqlab qolingan.

 

Qayd etilishicha, davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimi orqali to‘lanadigan nafaqalar ijtimoiy yordam emas, balki sug‘urta to‘lovlari hisoblanadi. Ularni olish huquqi sug‘urta tizimida ishtirok etish va sug‘urta badallarini to‘lash orqali shakllanadi.

 

Maʼlumot uchun, 2026-yil 1-yanvarga qadar homiladorlik va tug‘ish nafaqalari asosan byudjet tashkilotlarida ish beruvchining to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburiyati sifatida to‘lab kelingan. Bu esa ayrim hollarda suiisteʼmollarga, jumladan nafaqa olish maqsadida qisqa muddatli mehnat shartnomalarini rasmiylashtirishga sabab bo‘lgan.

 

Aynan shu xavflarning oldini olish maqsadida yangi tizimda minimal sug‘urta staji joriy etildi. Ushbu mexanizm barcha rasmiy ishlayotgan fuqarolar uchun teng sharoit yaratish, tizimning moliyaviy barqarorligini taʼminlash va suiisteʼmollarni cheklashga qaratilgan.

 

Shu bilan birga, o‘zgarishlar ayollarning ijtimoiy himoyasini cheklamaydi, aksincha, rasmiy bandlik va sug‘urta tizimida uzluksiz ishtirokni rag‘batlantiradi.

 

Taʼkidlanishicha, minimal sug‘urta stajini belgilash amaliyoti xalqaro tajribaga ham mos keladi. Xususan, Fransiya, Yaponiya, Qozog‘iston, BAA, Xitoy kabi davlatlarda homiladorlik va tug‘ish nafaqasi uchun 10–12 oylik sug‘urta yoki mehnat staji talab etiladi.

 

Yangi tartib Xalqaro mehnat tashkilotining №102 va №183 konvensiyalari talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Homiladorlik nafaqasi endi sug‘urta muddatiga qarab belgilanadi | Zamon.uz