O'zbekiston

Koreyalik olim Toshkentda ilmiy maqolalarni nufuzli jurnallarda chop etish bo‘yicha seminar o‘tkazdi

Tadbir yakunida Yong-Ill Leega faxriy professorlik unvoni topshirildi.

Koreyalik olim Toshkentda ilmiy maqolalarni nufuzli jurnallarda chop etish bo‘yicha seminar o‘tkazdi

 

Ilmiy izlanishlarning sifatli natija berishi va amaliy ahamiyat kasb etishi uchun ularning xalqaro miqyosda tan olinishi muhim hisoblanadi. Shu maqsadda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutiga xalqaro ilmiy hamjamiyatda e’tirof etilgan koreyalik olim, nufuzli ilmiy jurnallar muharriri Yong-Ill Lee tashrif buyurdi.

 

Tashrif doirasida institutda “Ilmiy ishlar va ilmiy maqolalarni samarali yozish: nufuzli jurnallarda chop etilish yo‘llari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

 

Seminar davomida ishtirokchilarga ilmiy maqola yozishning asosiy tamoyillari, xalqaro ilmiy jurnallar talablari, muharrirlarning baholash mezonlari, shuningdek, ilmiy ishlarni yuqori reytingli jurnallarda chop ettirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi. Bundan tashqari, muharrir nigohi bilan eng ko‘p uchraydigan xatolar va ularning oldini olish yo‘llari haqida atroflicha tushuntirish berildi.

 

Tadbir yakunida institut rahbariyati tomonidan Yong-Ill Leega ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi va xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun faxriy professorlik unvoni tantanali ravishda topshirildi.

 

Mazkur seminar ilmiy izlanishlarni global ilmiy maydonga olib chiqish, ilmiy maqola yozish madaniyatini yuksaltirish hamda yosh tadqiqotchilar uchun muhim amaliy bilim va tajribalar berish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Koreyalik olim Toshkentda ilmiy maqolalarni nufuzli jurnallarda chop etish bo‘yicha seminar o‘tkazdi | Zamon.uz