O'zbekiston

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruvdagi vakolatlari kengaytirilmoqda

Endi Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi ichimlik suvi ta’minoti hamda oqova suv xizmatlari uchun tariflarni belgilaydi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining boshqaruvdagi vakolatlari kengaytirilmoqda

 

Yangi Konstitutsiyaga muvofiq mahalliy Kengash raisi va hokim lavozimlarining bir-biridan ajratilishi ularning vakolatlarini qayta ko‘rib chiqishni talab etdi. Shu asosda davlat va jamiyat boshqaruvidagi rolni kuchaytirish maqsadida qator qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

 

Xususan, “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi Qonun yangilandi. Endilikda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari ichimlik suvi va oqova tizimini rivojlantirishga qaratilgan hududiy dasturlarni tasdiqlash vakolatiga ega bo‘ldi.

 

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari ichimlik suvi ta’minoti hamda oqova suv xizmatlari uchun tariflarni belgilaydi. Bu esa hududiy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilish imkonini kengaytiradi.

 

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari esa ushbu sohada davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi, hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, xususiy sektorni jalb etish va loyihalar ijrosini monitoring qilish ham ularning vazifalari qatoriga kiritilgan. Mutaxassislar ushbu o‘zgarishlar ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha hududiy loyihalarga investitsiyalarni yanada samarali jalb etishga xizmat qilishini kutmoqda.

custom img

O‘zbekistonda 1,4 mln tonna maishiy chiqindi olib chiqilib, utilizatsiya qilindi

“Dolzarb 40 kunlik” tozalik tadbirlari doirasida hududlardan kuniga 30–40 ming tonna chiqindi olib chiqildi.

custom img

Istanbulda adashib masjidga kelib qolgan 13 yoshli o‘zbekistonlik qiz onasiga topshirildi

Masjid imomi xabar bergach, diplomatlar voyaga yetmagan bolani konsulxonaga olib kelib, uning yaqin qarindoshlari bilan bog‘langan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev maktab o‘quvchilari, ustoz va ota-onalarni Bilimlar kuni bilan tabrikladi

Davlat rahbari yangi o‘quv yili ta’lim tizimida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lishiga umid bildirdi.

custom img

O‘zbekiston Prezidentining Qirg‘izistonga amaliy tashrifi yakunlandi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi. Tashrif doirasida ShHT sammiti, “ShHT plyus” uchrashuvi va qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.

custom img

Ziroat Mirziyoyeva Bishkekdagi madaniy tadbirlarda ishtirok etdi

SHHT sammiti doirasida qirg‘iz xalqining san’ati va an’analari namoyish etildi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

Musobaqalarda 90 dan ortiq mamlakatdan 3 mingdan ziyod sportchi ishtirok etmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev nomiga Mustaqillikning 35-yilligi munosabati bilan xorijdan tabrik maktublari kelmoqda

Xorijiy hamkorlar o‘z maktublarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va xalqaro maydondagi faol rolini yuqori baholagan.

custom img

O‘zbek tilini o‘rganish xalqaro darajaga chiqmoqda

Oksford talabalari uchun O‘zbekistonda Yozgi maktab o‘z ishini boshladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"