Jahon

Tramp: AQSh Grenlandiya masalasida “xohlasa ham, xohlamasa ham” harakat qiladi

AQSh prezidenti orol milliy xavfsizlik uchun muhim ekanini ta’kidlab, Daniyaga bosimni kuchaytirdi.

Tramp: AQSh Grenlandiya masalasida “xohlasa ham, xohlamasa ham” harakat qiladi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiya masalasida keskin bayonot berib, Qo‘shma Shtatlar bu hudud bo‘yicha “xohlasa ham, xohlamasa ham” harakat qilishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar AQSh faol qadam tashlamasa, Grenlandiya Rossiya yoki Xitoy ta’siriga tushib qolishi mumkin. Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

 

Tramp bu fikrlarni Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, vitse-prezident J.D. Vance, davlat kotibi Marko Rubio va energetika sohasi vakillari ishtirokida bildirdi. Prezident Daniyani “yoqtirishi”ni aytib, masalani kelishuv orqali hal qilishni afzal ko‘rishini, ammo zarurat tug‘ilsa, “qiyin yo‘l”dan ham qaytmasligini ta’kidladi.

 

Grenlandiya strategik joylashuvi va boy tabiiy resurslari bilan ajralib turadi. U NATO a’zosi bo‘lgan Daniyaning yarim avtonom hududi hisoblanadi. Tramp Grenlandiyaga qiziqishini doimiy ravishda AQShning milliy xavfsizlik manfaatlari bilan izohlab kelmoqda.

 

Biroq Daniya tomoni bu bayonotlarni keskin rad etdi. Bosh vazir Mette Frederiksen AQShning Daniya Qirolligi tarkibidagi biror hududni anneksiya qilishga haqqi yo‘qligini aytdi. Uning fikricha, bunday harakat NATO ittifoqi va Ikkinchi jahon urushidan keyingi xavfsizlik tizimiga jiddiy putur yetkazishi mumkin. Daniya va Grenlandiya vakillari yaqin kunlarda Vashingtonda muzokaralarni davom ettirishi kutilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Tramp: AQSh Grenlandiya masalasida “xohlasa ham, xohlamasa ham” harakat qiladi | Zamon.uz