Jahon

X geosiyosiy o‘yin maydoniga aylandimi?

X tarmog‘i egasi Ilon Mask Eron Islom Respublikasining rasmiy davlat bayrog‘ini o‘zgartirishga qaror qildi.

X geosiyosiy o‘yin maydoniga aylandimi?

X BMT tomonidan tan olingan amaldagi mamlakat bayrog‘I o‘rniga 1979 yil Erondagi inqilobgacha bo‘lgan monarxiya davri ramzi – "Arslon va Quyosh" tasviri tushirilgan bayroq emojisini joriy qilmoqda.

 

Tarmoq foydalanuvchilari va siyosatshunoslar bunga jiddiy eʼtibor qarata boshladi. Xususan, jurnalist G‘ayratxo‘ja G‘afforov buni mustaqil davlat suverenitetiga qilingan ochiqchasiga tajovuz va raqamli mustamlakachilikning yangi ko‘rinishi ekanligini haqida o‘zining Telegram sahifasida yozdi. 

 

Uning aytishicha, davlat ramzlari korporatsiya o‘yinchog‘i emas.

 

“AQSHda joylashgan xususiy kompaniyaning boshqa bir suveren davlat bayrog‘ini o‘zboshimchalik bilan, siyosiy maqsadlarda "almashtirib qo‘yishi" – bu xalqaro diplomatiya etikasi va BMT Nizomidagi davlatlarning suveren tengligi tamoyilini qo‘pol ravishda buzishdir. Bu harakat X platformasining neytral maydon emas, balki geosiyosiy qurolga aylanib qolganini ko‘rsatadi”, — deya yozadi G‘afforov.

 

Jurnalistga ko‘ra, Ilon Maskka tegishli bu kompaniya siyosiy legitimlikka zarba bermoqda. Maʼlum bo‘lishicha, “Arslon va Quyosh” bayrog‘i Eronning hozirgi konstitutsiyaviy tuzumiga muxolif bo‘lgan kuchlar va monarxiya tarafdorlari tomonidan ishlatilingan ramz hisoblanadi.

 

“X platformasining bu ramzni "rasmiy emoji" sifatida taqdim etishi – amaldagi Eron davlatining legitimligini shubha ostiga olish va mamlakat ichidagi siyosiy nizolarda bir tomonni ochiq qo‘llab-quvvatlash demakdir”, — deya yozadi u.

 

Jurnalist G‘afforov global platformaning bunday qadamini “so‘z erkinligi” bilan oqlab bo‘lmasligini taʼkidladi. Uning fikricha, yirik texnologiya kompaniyalari davlatlardan ham qudratliroq bo‘lib bormoqda. Bunday kompaniyalar endi nafaqat axborot oqimini boshqaradi, balki davlatlarning tarixi va ramzlarini ham tahrirlashga urinmoqda.

 

“X kompaniyasining Eron bayrog‘ini o‘zgartirish qarori – bu shunchaki emoji almashinuvi emas. Bu mustaqil davlatning ichki ishlariga raqamli texnologiyalar orqali aralashishdir. Xalqaro hamjamiyat bunday harakatlarga befarq qaramasligi kerak. Chunki raqamli makondagi qoidalarni davlatlar va xalqaro qonunlar belgilashi lozim, kayfiyati o‘zgaruvchan milliarderlar emas. Aks holda, dunyoda davlat suvereniteti tushunchasi o‘z mazmunini yo‘qotib, korporatsiyalar hukmronligi davri boshlanishi mumkin”, — deya so‘zini yakunlaydi jurnalist.

 

Maʼlumot uchun, Eronda bir haftadan buyon namoyishlar davom etmoqda. Dastlab, isqtisodiy kamchiliklar va gaz narxining oshishi bilan boshlangan namoyishlar hozirda siyosiy darajaga ko‘tarilgan. Ular oliy rahnamo Oyatulloh Ali Xomonaiyni hukumatdan ketishi xohlab uning rasmlarni yoqmoqda, bannerlarda “Xomonaiyga o‘lim” yozuvlari bilan shahar markazlarini kezishmoqda.

 

Shunday vaqtda AQSH prezidenti Donalʼd Tramp Erondagi namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlab “sizning xalqingiz buyuk edi, bu buyuklikni qaytaring” deya murojaat qildi.

 

Oliy rahnamo bunga javoban namoyishchilarni Trampga ishonmaslikka chaqirdi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

X geosiyosiy o‘yin maydoniga aylandimi? | Zamon.uz