O'zbekiston

Farg‘onada bojxona posti rahbari pora bilan ushlandi

U 80 ta uyali telefonni noqonuniy olib kirishga ko‘maklashish evaziga 5 ming dollar talab qilgan.

Farg‘onada bojxona posti rahbari pora bilan ushlandi

 

Farg‘ona viloyatida chegara-bojxona posti rahbari pora olish bilan bog‘liq jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda mahalliy telekanallardan birida namoyish etilgan videolavhada ma’lum qilindi. Holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor tadbir davomida fosh etilgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, bojxona posti rahbari Qirg‘izistondan olib kirilayotgan 80 dona uyali telefonni qonunga xilof ravishda o‘tkazib yuborish evaziga 5 ming AQSH dollari miqdorida pora olayotgan vaqtida ushlangan. Telefonlar tijorat maqsadida olib kelinayotgani aniqlangan.

 

Tergov jarayonida mansabdor shaxs xizmat vakolatlaridan foydalanib, davlat manfaatlariga zid harakat qilgani isbotlangan. Ushbu holat bojxona tizimida korrupsiyaga qarshi kurash doirasida ko‘rilgan navbatdagi chora sifatida baholanmoqda.

 

Sud qaroriga asosan, bojxona posti rahbari 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, unga 3 yil davomida bojxona organlarida ishlash taqiqi qo‘yildi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Farg‘onada bojxona posti rahbari pora bilan ushlandi | Zamon.uz