Jahon

Minneapolisda AQSH Immigratsiya xizmati tomonidan ayol kishi otib o‘ldirilgani sababli minglab odamlar namoyishga chiqdi

Ayrim demokrat rahbarlar ICE reydlarini “keraksiz provokatsiya” deb atamoqda.

Minneapolisda AQSH Immigratsiya xizmati tomonidan ayol kishi otib o‘ldirilgani sababli minglab odamlar namoyishga chiqdi

 

 

AQShning Minneapolis shahrida Immigratsiya va bojxona xizmati (ICE) xodimi tomonidan 37 yoshli ayol otib o‘ldirilgani ortidan minglab odamlar ko‘chalarga chiqdi. Reuters xabariga ko‘ra, norozilik aksiyalari davomida ayrim yo‘llar yopilgan, biroq jiddiy to‘qnashuvlar qayd etilmagan. Namoyishlar faqat Minneapolis bilan cheklanmay, mamlakatning boshqa shaharlarida ham davom etmoqda.

 

Hodisa 7-yanvar kuni ICE tomonidan o‘tkazilgan reyd vaqtida sodir bo‘lgan. Rasmiylarga ko‘ra, halok bo‘lgan ayol AQSh fuqarosi bo‘lgan. Shuningdek, 9-yanvar kuni Portlend shahrida ham ICE agentlari ikki kishini otib, ularni jarohatlagani ma’lum qilingan. Bu voqealar immigratsiya xizmatining amaliyotlariga nisbatan jamoatchilik noroziligini kuchaytirdi.

 

AQSh Ichki xavfsizlik vaziri ayol ICE xodimlarini avtomobil bilan bosib ketishga uringani, shundan so‘ng agentlardan biri o‘zini himoya qilish maqsadida o‘q uzganini bildirdi. Prezident Donald Tramp ham ushbu versiyani qo‘llab-quvvatladi. Biroq Minneapolis meri Jeykob Frey bu bayonotni qat’iyan rad etib, federal immigratsiya agentlarini shaharda tartibsizlik keltirib chiqarishda aybladi.

 

Mazkur voqea fonida AQShda immigratsiya siyosati, federal kuchlar va mahalliy hokimiyat o‘rtasidagi ziddiyatlar yanada keskinlashdi. Ayrim demokrat rahbarlar ICE reydlarini “keraksiz provokatsiya” deb atagan bo‘lsa, Nyu-York meri Zoh‘ran Mamdani kelgusida immigratsiya xizmati tekshiruvlariga yordam berilmasligini bildirdi. Shu bilan birga, Ichki xavfsizlik vazirligi Minnesota shtatida 2000 nafar xodim jalb etilgan keng ko‘lamli operatsiya davom etayotganini ma’lum qildi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Minneapolisda AQSH Immigratsiya xizmati tomonidan ayol kishi otib o‘ldirilgani sababli minglab odamlar namoyishga chiqdi | Zamon.uz