O'zbekiston

Qorako‘lda 20 nafar abituriyent zaharlangani haqidagi xabarga SSB munosabat bildirdi

Bemorlar belgilangan tibbiy standartlar asosida UTT, rentgen va laborator tekshiruvlardan o‘tkazilgan.

Qorako‘lda 20 nafar abituriyent zaharlangani haqidagi xabarga SSB munosabat bildirdi

 

 

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida joylashgan o‘quv markazlaridan birida abituriyentlar zaharlangani haqidagi xabarlarga viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi munosabat bildirdi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda va OAVda 11-yanvar kuni tongda 20 nafar abituriyent zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga olib kelingani haqida xabarlar tarqalgan edi.

 

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Qorako‘l tumani Hojalar MFY, Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan “Ilm nuri” MCHJga qarashli o‘quv markazida tahsil olayotgan 20 nafar abituriyentda noma’lum modda ta’siridan zaharlanish holati aniqlangan. Xabar kelib tushishi bilan ular zudlik bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan.

 

Holat yuzasidan viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev boshchiligida ishchi guruh tuzilib, voqea joyida zarur choralar ko‘rilgan. Bemorlar belgilangan tibbiy standartlar asosida UTT, rentgen va laborator tekshiruvlardan o‘tkazilgan. Shuningdek, viloyatdan 10 nafar toksikolog va reanimatolog jalb etilib, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari bilan onlayn konsilium o‘tkazilgan.

 

Ko‘rilgan tibbiy choralar natijasida barcha 20 nafar abituriyentning ahvoli yaxshilangan va ular ambulator davolanish uchun uyiga javob berilgan. Har bir bemorga oilaviy shifokor va patronaj hamshirasi biriktirilgan. Hozirda ularning ahvoli qoniqarli, shikoyatlar yo‘q. Qon namunalarining ekspertiza natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qorako‘lda 20 nafar abituriyent zaharlangani haqidagi xabarga SSB munosabat bildirdi | Zamon.uz