O'zbekiston

Aksilkorrupsiya agentligi Ozodbek Nazarbekovni to‘yda pul olgani uchun jazolashni taklif qildi

Agentlikka ko‘ra, amaldagi qonunchilik davlat xizmatchilariga pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari boshqa haq to‘lanadigan ishlar bilan shug‘ullanishni cheklaydi.

Aksilkorrupsiya agentligi Ozodbek Nazarbekovni to‘yda pul olgani uchun jazolashni taklif qildi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov to‘y marosimida qo‘shiq ijro etib, mehmonlar uzatgan pulni olayotgani aks etgan video haqida xabar berilgan edi. Ushbu holat foydalanuvchilar orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan.

 

Mazkur video yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Vazirlar Mahkamasiga rasmiy taklif kiritdi. Agentlik davlat xizmatchilarining odob-axloq me’yorlari buzilganini qayd etib, vazirni intizomiy javobgarlikka tortish masalasini ko‘rib chiqishni so‘radi. Shuningdek, unga qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha ogohlantirish berish taklif qilindi.

 

Agentlikka ko‘ra, amaldagi qonunchilik davlat xizmatchilariga pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari boshqa haq to‘lanadigan ishlar bilan shug‘ullanishni cheklaydi. Bundan tashqari, mansabdor shaxslar xizmatdan tashqari paytda ham davlat xizmatining obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishi lozim.

 

Madaniyat vazirligi esa ushbu holat yuzasidan izoh berib, video vazirlik xodimlaridan birining to‘yida tasvirga olinganini ma’lum qildi. Vazirlikka ko‘ra, vazir ushbu vaziyatni oldindan rejalashtirmagan, to‘y marosimlarida san’atkorlarga pul berish esa milliy urf-odatlarning bir qismi hisoblanadi. Shu bilan birga, Aksilkorrupsiya agentligi davlat xizmatchilarining xulq-atvori va axloqiy me’yorlariga rioya etilishi doimiy nazoratda bo‘lishini ta’kidladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Aksilkorrupsiya agentligi Ozodbek Nazarbekovni to‘yda pul olgani uchun jazolashni taklif qildi | Zamon.uz