Sirdaryoda MIB tomonidan 132 mln so‘mlik soliq qarzdorligi undirildi
Qarzdorlikni bartaraf etmagan fermer xo‘jaliklarining mulklari xatlanmoqda.

Majburiy ijro byurosining Sirdaryo tumani bo‘limi tomonidan joriy yilda olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida fermer xo‘jaliklaridan 54 ta ijro hujjati bo‘yicha jami 132,6 mln so‘m soliq qarzlari undirildi.
Shuningdek, qarzdorlikni bartaraf etmagan fermer xo‘jaliklarining mulklari xatlanmoqda.
Misol uchun, qarzdor “O.Usmonova” fermer xo‘jaligining 20 mln. so‘m soliq qarzi yuzasidan traktori, “Sevara A.A.” fermer xo‘jaligining 25 mln. so‘m soliq qarzi uchun agrotexnika vositasi xatlanib, jarima maydoniga joylashtirildi.
Bu borada ijro harakatlari davom etmoqda.







