O'zbekiston

Tailandda o‘zbekistonlik 37 yoshli erkak voyaga yetmagan qizga jinsiy tajovuz qilgani uchun hibsga olindi

Qonunchilikka ko‘ra, gumonlanuvchi 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Tailandda o‘zbekistonlik 37 yoshli erkak voyaga yetmagan qizga jinsiy tajovuz qilgani uchun hibsga olindi

 

Tailandda 37 yoshli O‘zbekiston fuqarosi 16 yoshli voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy tajovuz sodir etganlikda gumonlanib hibsga olindi. Unga nisbatan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi mumkin.

 

The Pxuket News nashrining xabar berishicha, hodisa 11 yanvar kuni soat 22:20 atrofida Pxuket orolining May Khao hududida joylashgan Golden Sat restoranida sodir bo‘lgan.

 

Maʼlum qilinishicha, mahalliy hududda yashovchi 16 yoshli qiz hojatxonadan chiqayotgan paytda erkak tomonidan to‘xtatilgan. Gumonlanuvchi uni majburan orqaga tortib, nomaqbul harakatlar qilgan. Qizning qichqirig‘ini eshitgan restoran mijozlari voqea joyiga yetib kelib, erkakni huquqni muhofaza qiluvchi organlar yetib kelguniga qadar ushlab turgan.

 

Shundan so‘ng gumonlanuvchi politsiya tomonidan bo‘limga olib ketilgan.

 

Taʼkidlanishicha, mazkur holat Tailandning voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy daxlsizlikni himoya qiluvchi qatʼiy qonunlari doirasida ko‘rib chiqilmoqda. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, roziliksiz teginish og‘ir jinoyat hisoblanadi va 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.

custom img

616 mln so‘mlik mukofot: “Yil o‘qituvchisi” g‘oliblari aniqlandi

Tanlovda 46 mingdan ortiq pedagog ishtirok etdi. G‘oliblar uch bosqichda saralandi.

custom img

17 yoshli o‘quvchi gashish bilan ushlandi: jo‘natma Rossiyadan yuborilgan

Giyohvandlik vositalari konserva qutisiga yashirilgan bo‘lgan.

custom img

Toshkentda havo keskin ifloslandi: mutaxassislar asosiy sabablarni ma’lum qildi

19-sentyabr soat 21:00 dan 20-sentyabr soat 04:00 gacha Toshkentda havo sifati vaqtincha yomonlashib, AQI 101–150 — sezgir guruhlar uchun zararli darajaga yetishi mumkin.

custom img

Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

custom img

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Raisiga “general-mayor” unvoni berildi

Shuningdek, qoraqalpoq xalqining buyuk farzandi, shoir va mutafakkir Berdaq Qarg‘abay o‘g‘li tavalludining 200 yilligini munosib nishonlash dasturlarini ishlab chiqish topshirildi.

custom img

1 yillik magistratura joriy etiladi: yangi o‘quv yilidan taʼlimning ikki yo‘nalishi belgilanadi

Amaliy dasturga yo‘naltirilgan magistratura bitiruvchilari mutaxassisligiga qarab loyiha, startap, konstruktorlik loyihasi yoki boshqa amaliy ishni tayyorlab, himoya qiladi.

custom img

2,1 mlrd kub metr suv yo‘qotilmoqda: Qoraqalpog‘istonda kanallar betonlanadi

Qoraqalpog‘istonda 417 ming gektar ekin yerini sug‘orishga yiliga 5,7 milliard kub metr suv sarflanmoqda. Shundan 38 foizi, yaʼni 2 milliard 100 million kub metr suv yo‘qotilmoqda.

custom img

17,5 foizdan 12 foizgacha: Qoraqalpog‘istonda oilaviy tadbirkorlik kreditlari arzonlashtiriladi

Kelasi yili “drayver” loyihalarga 100 million dollar yo‘naltirilib, kamida 50 ming odamni daromadli qilish maqsad qilingan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"