O'zbekiston

Toshkentda yuqori tezlikda avtomobil haydab, ikki kishining o'limiga sabab bo'lgan haydovchi 8 yilga qamaldi

Haydovchining otasi sudda mashina qarzlarni yopish maqsadida olinganini va o‘g‘li atigi bir necha soat avtomobil boshqarganini bildirgan.

Toshkentda yuqori tezlikda avtomobil haydab, ikki kishining o'limiga sabab bo'lgan haydovchi 8 yilga qamaldi

 

Toshkent shahrida Cobalt avtomobilida yo‘l-transport hodisasi sodir etib, ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan 27 yoshli haydovchiga sud hukmi o‘qildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudi qaroriga ko‘ra, u 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi hamda 3 yilga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etildi. Bu haqda “Ovoza” dasturi xabar bermoqda.

 

Fojea 2025-yil 31-avgust kuni yuz bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 17 yoshli qiz va 24 yoshli yigit tanish haydovchidan ularni manzilga yetkazib qo‘yishni so‘ragan. Yo‘l davomida haydovchi tezlikni oshirib, avtomobil boshqaruvini yo‘qotgan va temir ustunga borib urilgan. To‘qnashuv oqibatida yo‘lovchilardan biri voqea joyida, ikkinchisi esa shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan.

 

Sud jarayonida aniqlanishicha, ayblanuvchi avtomobilni yaqinda sotib olgan bo‘lib, bu uning ilk haydashlaridan biri bo‘lgan. Guvohlarning aytishicha, u soatiga 80–90 kilometr tezlikda harakatlangan. Haydovchining otasi sudda mashina qarzlarni yopish maqsadida olinganini va o‘g‘li atigi bir necha soat avtomobil boshqarganini bildirgan.

 

Marhumlarning yaqinlari sudda haydovchiga nisbatan da’volari yo‘qligini ma’lum qilib, yengilroq jazo so‘raganiga qaramay, sud jinoyatni og‘ir oqibatlarga olib kelgan deb baholadi. Shuningdek, sud qaroriga binoan, ayblanuvchidan 51,1 million so‘m moddiy zarar undirilishi belgilandi. Mutasaddilar bu kabi hodisalar yana takrorlanmasligi uchun haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda yuqori tezlikda avtomobil haydab, ikki kishining o'limiga sabab bo'lgan haydovchi 8 yilga qamaldi | Zamon.uz