O'zbekiston

Aholini ro‘yxatga olishda nogironlik bo‘yicha savollar yo‘qligi e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda

Ekspertlarning ta’kidlashicha, rasmiy statistikada qayd etilgan nogironligi bo‘lgan shaxslar soni real holatni to‘liq aks ettirmaydi.

Aholini ro‘yxatga olishda nogironlik bo‘yicha savollar yo‘qligi e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda

 

 

O‘zbekistonda 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish rejalashtirilgan. Jarayon davomida fuqarolarga jami 71 ta savol beriladi. Biroq so‘rovnomada nogironlikka oid savollarning kiritilmagani jamoatchilik, xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari faollari e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Bu haqda Gazeta xabar bermoqda.

 

Ekspertlarning ta’kidlashicha, rasmiy statistikada qayd etilgan nogironligi bo‘lgan shaxslar soni real holatni to‘liq aks ettirmaydi. Tadqiqotchi Dilmurod Yusupovga ko‘ra, O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar ulushi rasman 2,8 foiz deb ko‘rsatilmoqda, holbuki xalqaro tadqiqotlar bu ko‘rsatkich ancha yuqori bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

 

Nogironlar assotsiatsiyasi vakillari aholini ro‘yxatga olish jarayonida BMT tomonidan tavsiya etilgan maxsus savollarni kiritish orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini aniqlash mumkinligini ta’kidlamoqda. Bu ma’lumotlar ta’lim, bandlik, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya sohalarida samarali siyosat yuritish uchun muhim ekani qayd etildi.

 

Gazeta mas’ul tashkilotlardan ushbu savollarning nega so‘rovnomaga kiritilmagani yuzasidan izoh olishga uringan, biroq Statistika qo‘mitasi va xalqaro tashkilotlardan rasmiy javob olinmagan. Mutaxassislar esa bu masala ochiq qolmasligi, nogironligi bo‘lgan shaxslar ham to‘liq hisobga olinishi zarurligini ta’kidlamoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Aholini ro‘yxatga olishda nogironlik bo‘yicha savollar yo‘qligi e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda | Zamon.uz