O'zbekiston

2026 yilda ijtimoiy obyektlarning energiya samaradorligi uchun 264 mln dollar jalb etiladi

Shavkat Mirziyoyev energiya samaradorligini oshirish va elektr bozorini isloh qilish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

2026 yilda ijtimoiy obyektlarning energiya samaradorligi uchun 264 mln dollar jalb etiladi

 

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-yanvar kuni energiya samaradorligini oshirish hamda elektr energiyasi ta’minotida bozor mexanizmlarini joriy etishga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi. Xalqaro ekspertlar xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston energiya sarfi yuqori bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kiradi. Xususan, binolarning yakuniy energiya iste’molidagi ulushi qariyb 50 foizni tashkil etib, bir kvadrat metrga to‘g‘ri keladigan energiya sarfi Yevropa davlatlariga nisbatan bir necha barobar yuqori.

 

Shu bois energiya samaradorlik sohasida tizimli islohotlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida alohida agentlik tashkil etilgan. Unga 2030-yilgacha iqtisodiyotda energiya sarfini kamida 20 foizga, davlat idoralari va ijtimoiy obyektlarda esa 15 foizga qisqartirish vazifasi yuklatilgan. 2026-yil uchun rejalarda ijtimoiy obyektlar va aholi turar joylarini energiya samarador binolarga aylantirish ko‘zda tutilib, bu maqsadlar uchun joriy yilda 150 milliard so‘m subsidiya va kompensatsiya ajratilishi belgilangan.

 

Joriy yilgi investitsiya dasturi doirasida 770 ta ijtimoiy obyekt energiya samaradorlik standartlari asosida modernizatsiya qilinadi. Ushbu loyihalarga xalqaro moliya institutlaridan 264 million dollar mablag‘ jalb etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, sanoat sohasida energiya tejamkorlikni oshirish choralari belgilandi: 142 ta to‘qimachilik korxonasiga quyosh panellari o‘rnatilib, 722 million kilovatt-soat elektr energiyasi hamda 693 milliard so‘m mablag‘ tejalishi kutilmoqda.

 

Taqdimotda elektr energetikasi sohasida raqobatli bozor mexanizmlarini joriy etish masalalari ham muhokama qilindi. Past kuchlanishli elektr tarmoqlarini xususiy sektorga berish ishlari Samarqand viloyatidan boshlanib, keyinchalik boshqa hududlarga kengaytiriladi. Prezident energiya samaradorlikni oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va energetika bozorida raqobat muhitini shakllantirish muhimligini ta’kidlab, mutasaddilarga belgilangan chora-tadbirlarning so‘zsiz ijrosini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi.

custom img

O‘zbekiston AQSHda o‘rmonlarni tiklash bo’yicha tashabbuslarini taqdim etdi

“Yashil makon” doirasida 1 milliarddan ortiq daraxt ekilgani qayd etildi.

custom img

Buxoroda Media haftalik yakunlandi: 800 dan ortiq ishtirokchi qamrab olindi

Media haftalik 18–22-may kunlari mamlakatning vodiy hududlarida davom etishi rejalashtirilgan.

custom img

Samarqanddagi “Oqbo‘yra” hududida kon portlatish ishlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi

Joriy yilning 15-aprel kuni amalga oshirilgan tog‘-portlatish ishlari natijasida fuqarolarning uylariga zarar yetgan.

custom img

O‘zbekistonda noqonuniy tamaki aylanmasi 24,8 foizdan 7 foizga kamaydi

Toshkentda nikotin muqobillarini tartibga solish bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

custom img

Bibixonim madrasasini nega Amerika ta’mirlab beryapti?

Turizm qo’mitasi raisi tarixiy obidalarni tiklash va restavratsiya qilish sohasida O’zbekistonda mutaxassislar yetishmasligini, mablag’ masalasida esa muammo yo’qligini ta’kidladi.

custom img

Toshkent – Issiqko‘l yo‘nalishida yangi aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

Dastlabki reys 2026-yil 24-iyunda Toshkent – Tamchi yo‘nalishida amalga oshirilishi kutilmoqda.

custom img

Toshkentda 19 yoshli “Tracker” haydovchisi piyodani urib yubordi

Piyoda yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan vaqtda hodisa sodir bo‘lgan.

custom img

Samarqandda uchta yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Hodisaga haydovchining rulda uxlab qolishi sabab bo‘lgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"