O'zbekiston

Andijonda 22 yoshli qiz o'zini ko‘prikdan tashlamoqchi bo'ldi

Ushbu holatga psixoemotsional muammolar sabab bo‘lgan.

Andijonda 22 yoshli qiz o'zini ko‘prikdan tashlamoqchi bo'ldi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahrida bir qizning ko‘prikdan sakrab o‘z joniga qasd qilishga urinayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari rasmiy izoh berdi.

 

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, voqea bugun, 14-yanvar taxminan soat 08:00 da Navoiy shoh ko‘chasida joylashgan ko‘prikda sodir bo‘lgan. Andijon tumanida yashovchi, 22 yoshli fuqaro ko‘prikka chiqib, o‘z joniga qasd qilish niyatida bo‘lgani aniqlangan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu holatga psixoemotsional muammolar sabab bo‘lgan. Xabar kelib tushishi bilan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan. Xodimlarning tezkor va muvofiqlashtirilgan harakatlari natijasida fojianing oldi olingan.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq, Termizda 22 yoshli yigit 16-qavatdan sakrab o'z joniga qasd qilgan edi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Andijonda 22 yoshli qiz o'zini ko‘prikdan tashlamoqchi bo'ldi | Zamon.uz