O'zbekiston

O‘zbek jamoatchiligi Solovyov gaplariga keskin javob qaytarishni talab qilmoqda. Ammo O‘zbekiston TIV hamon sukutda

Jamoatchilik faollari O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga nota berilishi kerakligini aytishmoqda.

O‘zbek jamoatchiligi Solovyov gaplariga keskin javob qaytarishni talab qilmoqda. Ammo O‘zbekiston TIV hamon sukutda

 

Rossiyalik teleboshlovchi Valdimir Solovyov Moskvani Markaziy Osiyo va Armanistonga “maxsus harbiy operatsiya” o‘tkazishga chaqirdi. Shundan so‘ng Rossiyaning Armanistondagi Sergey Kopirkin Armaniston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi va Solovyovning bayonotlari yuzasidan unga norozilik notasi yuborildi. Ammo O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi qariyb ikki sutkadan buyon sukutda. Vazirlik matbuot kotibi Ahror Burhonov zamon.uz’ga bu haqda tez orada rasmiy izoh berilishini ma’lum qildi. 

 

Teleboshlovchining bayonotlaridan so‘ng, butun Markaziy Osiyo va Armaniston aholisi tomonidan keskin norozilik sifatida qabul qilindi. O‘zbek jamoat faollari o‘z munosabatlarini bildirish bilan birga, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisiga norozilik notasini yuborish zarurligini aytmoqda.

 

“Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Qonunchilik palatasi deputati Bobur Bekmurodovning Solovyovning gaplariga tupurib qo‘yish yetarli ekanini aytdi. 

 

     

 

“Xalqaro huquqqa tupurishni taklif qilgan bu nusxa mintaqamizni o‘zining imperiyacha doktrinalariga kiritishni taklif qilibdi. Zamon o‘zgardi. Xalqlar taqdiri telestudiyalardagi baqir-chaqirlar yoki “katta og‘alar”ning ko‘rsatmasi bilan hal qilinadigan davrlar tarix axlatxonasiga ketganiga ancha bo‘ldi. Sarhadlarimiz — bizning or-nomusimiz. Mustaqilligimizga bo‘lgan har qanday tahdid “itoatkorlik” bilan emas, millatimizning birdamlikdagi qat’iy zarbasi bilan qarshi olinadi. Bunday provokatsiyalar faqat va faqat qo‘shnilarni dushmanga aylantiradi. Bizda o‘z uyimizni himoya qilish uchun iroda ham, resurs ham, jasorat ham yetarli!”, — dedi u.

 

Iqtisodchi Otabek Bakirov Solovyovning gaplarini qimorbozlardan kaltak yeb, afti majaqlangan mushtumzo‘r alamini tinch ketayotganlardan olayotganga o‘xshatdi. Shuningdek, u mintaqa mamlakatlari kamida birgalikda Rossiyaga nota berish kerakligini yozmoqda.

 

     

 

“Suriya va Venesueladan tepilganlarning propagandachisi mintaqamizga tahdid qilyapti. Bu xuddi qimorbozlardan kaltak yeb, afti majaqlangan mushtumzo‘r o‘z yo‘lida tinch ketayotganlarga dag‘dag‘a qilishiga o‘xshaydi... Bu moxovlar uch kun qor yog‘gandi, qorini kuray olishmay yotishibdi. Dag‘dag‘asiga o‘lasanmi? O‘zing har yili million urug‘ing qurib axlatingga botayotgan bo‘lsang, har yili 2 millionga o‘sayotgan 85 millionlik Markaziy Osiyoga do‘q urishingga balo bormi?”, — deya yozadi u.

 

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning fikricha, rus hukumati xohlayotgan gaplarni qo‘shtirnoq ichidagi  jamoat faollari tilidan ayttirishadi. Ya’ni bu tasodifan aytiladigan gaplar emas. Huquqshunosga ko‘ra, bunday gaplar Kremlda yopiq eshiklar ortida muhokama qilingan va keyin pastga tushirilgan tezislar bo‘lish ehtimoli katta.

 

   

 

“Bu orqali Rossiya hukumati jamoatchilik reaksiyasini kuzatadi, ja do‘ppi tor kelsa, bu o‘zining shaxsiy fikri, bizga aloqasi yo‘q, degan shablon gap bilan qutiladi”, —deya tushuntirdi u.

 

Huquqshunos shuningdek, O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumi va suverenitetiga qarshi gapirgan xorijliklarni nima uchun “persona non grata” deb e’lon qilmasligimiz kerak, degan savol bilan yuzlandi.

 

“Tashqi ishlar vazirligi bu borada alohida bayonot berishi, Rossiya elchisini zudlik bilan chaqirtirishi va Solovyov fikrlariga izoh talab qilishi kerak. Faqat o‘tgan safar Zahar Prilepinning gapidan keyin rus elchisini ‘taklif qilganimiz’ kabi sharmanda bo‘lmaylik. Elchilar bunaqa holatda taklif qilinmaydi, chaqirtiriladi!”, —deya eslatib o‘tdi u.

 

“Uyg‘onaylik, xaloyiq, uyg‘onaylik! Ko‘zimizni kattaroq ochaylik. Vatanimiz mustaqilligini himoya qilish uchun aqlimizni ishlataylik. Agar hozir aqlimizni ishlatmasak, ertaga Vatan himoyasi uchun qurol ishlatishga majbur bo‘lib qolamiz”, — dedi Xushnudbek Xudoyberdiyev.

 

O‘zbekiston milliy media birlashmasi Kuzatuv kengashi raisi, O‘zJOKU rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja quyidagicha Solovyovning og‘zidan chiqqan “bizning Osiyo” atamasi tasodifan uning og‘zidan chiqmaganiga urg‘u bermoqda.  

 

“Vladimir Solovyov to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda avval qog‘ozga o‘rab kelingan narsani ochiq aytdi: xalqaro huquqni inkor etish mumkin, suverenitet — shunchaki rasmiy atama, boshqa davlatlar esa bemalol ‘ta’sir doirasi’ deb e’lon qilinishi mumkin. ‘Bizning Osiyo’ degan formula tasodifiy og‘izdan chiqqan so‘z emas, balki davlatlarni obyektga, chegaralarni esa to‘siqqa aylantiradigan sof mustamlakachilik tili. Yana bir jihati ayniqsa ibratli: xuddi shu inson bir paytlar Ukrainaga hujum qilish — jinoyat va halokatga olib boruvchi yo‘l ekanini ochiq aytgan edi. Bugun esa o‘sha “jinoyat” hech ikkilanmasdan “zarurat” deb qayta yozilmoqda. Tushuntirishga hojati qolmagan propaganda ana shunday ishlaydi: u o‘z xotirasini o‘chiradi, tomoshabindan ham shunga qo‘shilishni talab qiladi”, —dedi u.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra,​ “katta siyosatda ovoz chiqarib aytilgan fikr — endi falsafa emas. Bu — amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan harakatlarning repetitsiyasi”.

 

“Bu endi na bahs, na tahlil. Bu — urushni siyosatning maqbul vositasi sifatida normallashtirishdir. Ukraina — pretsedentga aylandi, Markaziy Osiyo — ovoz chiqarib aytilgan xayollar obyekti, ‘ta’sir doirasi’ esa xavfsizlik haqidagi so‘zlar ortiga yashirilgan har qanday zo‘ravonlikni oqlash uchun universal bahonaga aylanmoqda. Ekran orqali ‘huquqqa tupuramiz’ deb aytilganda, gap ritorika haqida ketmayapti. Gap — niyat haqida”, — dedi professor.

 

Uning qayd etishicha, tarix bunday bayonotlarni hissiyot sifatida emas, balki dalil sifatida qayd etadi.

 

Siyosatshunos Hamid Sodiq esa Solovyovning chiqishi oldindan kutilganini qayd etdi. 

 

“Propagandist Vladimir Solovyovning Markaziy Osiyo davlatlariga maxsus harbiy operatsiya o‘tkazish haqidagi gaplarini kutilmagan deydigan bo‘lsak, kamida soddalik qilgan bo‘lamiz. Ularning so‘z harorati bunga ishora qilayotgan edi. Agar ular maxsus harbiy operatsiya haqida gapirayotgan ekan, demak, unga tayyorgarlik ko‘rilgan. Biz uchun eng muhim masala mana shu joyda: ruslar ‘tashrifi uchun’ tayyorlanishi mumkin bo‘lgan ‘mafkuraviy guldastaning‘ mohiyati nimadan iborat, degan savol va unga qarshi turish asosiy masala hisoblanadi”, — dedi u.

 

Eslatib o‘tamiz, rus propagandist Vladimir Solovyovning gaplari ijtimoiy tarmoqlarga tarqalganidan so‘ng zamon.uz uning gaplariga qarshi dastlab fikr bildirgan jamoatchilik faollarining fikrini bir joyga jamlab zamon.uz’ning YouTube sahifasida video qilgan edi.

 

 

                                                                                                                            Shohjahon Majidov

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbek jamoatchiligi Solovyov gaplariga keskin javob qaytarishni talab qilmoqda. Ammo O‘zbekiston TIV hamon sukutda | Zamon.uz