O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigini yo‘lladi

Prezident yo‘llagan tabrigida harbiy islohotlar va armiyaning jangovar salohiyati oshirilishiga alohida to‘xtaldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigini yo‘lladi

 

O‘zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigini yo‘lladi.

 

Davlat rahbari tabrigida askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlar faxriylari hamda barcha vatandoshlarni ushbu sana bilan samimiy muborakbod etdi. Prezident Vatan himoyasidek sharafli va mas’uliyatli burchni ado etib kelayotgan harbiy xizmatchilarning mamlakat mustaqilligi va hududiy yaxlitligini ta’minlashdagi beqiyos xizmatlarini alohida e’tirof etdi.

 

Shuningdek, Vatan oldidagi burchini bajarish chog‘ida mardlarcha halok bo‘lgan qahramonlar xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirildi.

 

Tabrikda keyingi yillarda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Qurolli Kuchlarning harbiy qudratini oshirish, boshqaruv va ta’minot tizimini modernizatsiya qilish, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi.

 

Prezident geosiyosiy vaziyat murakkablashib borayotgan bugungi sharoitda harbiy kadrlar tayyorlash, jangovar va ma’naviy salohiyatni yuksaltirish, ilg‘or axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt asosidagi tizimlarni joriy etish ustuvor vazifa bo‘lib qolishini ta’kidladi.

 

Shuningdek, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoya qilish, ularning turmush farovonligini oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilishi bildirildi.

 

Tabrik yakunida Shavkat Mirziyoyev barcha Vatan himoyachilariga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va xizmat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigini yo‘lladi | Zamon.uz