Jahon

Eron havo hududi yopilishi sabab bir nechta aviareyslar ortga qaytdi

Fly One Asia, Jazeera Airways, Sam Air, Fly Khiva va Uzbekistan Airways reyslari bekor qilindi.

Eron havo hududi yopilishi sabab bir nechta aviareyslar ortga qaytdi

 

Eron havo hududining vaqtincha yopilishi sababli bir qator xalqaro aviareyslar jo‘nash aeroportlariga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, 15-yanvar kuni quyidagi aviakompaniyalar reyslari xavfsizlik nuqtayi nazaridan o‘z parvozlarini davom ettira olmagan va ortga qaytgan:

  • Fly One Asia aviakompaniyasining 7Q7742 reysi (Madina – Toshkent) Madina aeroportiga qaytdi;
  • Fly One Asia aviakompaniyasining 7Q4442 reysi (Madina – Farg‘ona) ham Madina aeroportiga qaytib keldi;
  • Jazeera Airways aviakompaniyasining J9650 reysi (Toshkent – Quvayt) Toshkentdan mahalliy vaqt bilan soat 02:01 da havoga ko‘tarilganiga qaramay, yana Toshkent xalqaro aeroportiga qaytdi;
  • Sam Air aviakompaniyasining 9S3303 reysi (Samarqand – Jidda) Samarqanddan soat 02:04 da uchib chiqib, qayta Samarqand aeroportiga qo‘ndi;
  • Fly Khiva aviakompaniyasining 2U7911 reysi (Urganch – Madina) Urganchdan soat 02:17 da uchib chiqib, yana jo‘nash aeroportiga qaytishga majbur bo‘ldi;
  • Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY336 reysi (Jidda – Toshkent) ham Eron havo hududi yopilgani sababli Jidda aeroportiga qaytdi.
Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eron havo hududi yopilishi sabab bir nechta aviareyslar ortga qaytdi | Zamon.uz