O'zbekiston

Mahkumlarga masofali videouchrashuvdan foydalanish huquqi beriladi

Jinoyat-ijroiya kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar mahkumlar uchun yangi muloqot imkoniyatlarini yaratmoqda.

Mahkumlarga masofali videouchrashuvdan foydalanish huquqi beriladi

 

Jinoyat-ijroiya kodeksiga kiritilgan yangi o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlarga masofali videouchrashuvdan foydalanish huquqi berildi. Tegishli qonun 2026-yil 15-yanvarda qabul qilindi va rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

 

Qonunga muvofiq, mahkumlar o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan, 15 daqiqa davom etadigan bir martalik masofali videouchrashuv yoki telefon orqali so‘zlashish huquqiga ega bo‘ladi. Bu yangilik mahkumlarning yaqinlari bilan muloqot qilish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

 

Avvalgi tartibga ko‘ra, mahkumlar faqatgina 15 daqiqa davom etadigan bir martalik telefon orqali so‘zlashish huquqiga ega edi. Yangi o‘zgartirishlar esa ushbu huquqni kengaytirib, videomuloqotdan foydalanish imkonini ham qonuniy ravishda mustahkamladi.

 

Masofali videouchrashuvlarning joriy etilishi mahkumlarning ijtimoiy aloqalarini saqlab qolish, ruhiy holatini barqarorlashtirish hamda jazoni ijro etish tizimida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Mahkumlarga masofali videouchrashuvdan foydalanish huquqi beriladi | Zamon.uz