O'zbekiston

“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan diplomat” unvoni ta’sis etiladi

Tashqi siyosat faoliyati konsepsiyasi yangilanadi va uning ustuvor yo‘nalishlari qayta ko‘rib chiqiladi.

“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan diplomat” unvoni ta’sis etiladi

 

.

Jahonda yuz berayotgan geosiyosiy o‘zgarishlar, xalqaro munosabatlardagi beqarorlik va global iqtisodiy transformatsiyalar sharoitida O‘zbekiston tashqi siyosatini milliy manfaatlar va zamon talablariga mos ravishda doimiy yangilab borish zarurligi ta’kidlandi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida qayd etdi.

Davlat rahbarining aytishicha, so‘nggi yillarda olib borilayotgan ochiq, pragmatik va muvozanatli tashqi siyosat natijasida O‘zbekistonning xalqaro maydondagi o‘rni va nufuzi sezilarli darajada mustahkamlandi. Shu bilan birga, global xavfsizlik arxitekturasidagi o‘zgarishlar va yangi iqtisodiy ittifoqlar tashqi siyosatda yanada faol va natijaga yo‘naltirilgan yondashuvni talab qilmoqda.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosat faoliyati konsepsiyasini yangilash, uning ustuvor yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish hamda milliy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan aniq vazifalarni belgilash zarurligi qayd etildi. Yangi konsepsiya iqtisodiy diplomatiya, xavfsizlik, investitsiya, eksport, transport-logistika, suv va iqlim masalalarini o‘zaro bog‘liq holda qamrab olishi lozim.

Tashqi siyosat faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida har bir elchixonaga yiliga qo‘shimcha 100–200 ming dollar mablag‘ ajratilishi belgilandi. Shuningdek, diplomatlar mehnatini munosib e’tirof etish uchun “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan diplomat” faxriy unvonini ta’sis etish taklif etildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan diplomat” unvoni ta’sis etiladi | Zamon.uz