Jahon

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak hamkasbini pichoqlagani uchun bir yilga qamaldi

Jazo muddati tugagach, sudlanuvchi Rossiyadan deportatsiya qilinadi.

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak hamkasbini pichoqlagani uchun bir yilga qamaldi

 

Rossiyada ishlayotgan O‘zbekiston fuqarosi hamkasbiga pichoq bilan tan jarohati yetkazgani uchun sud hukmi bilan bir yilga ozodlikdan mahrum etildi.

 

Rossiyaning Yamalo-Nenets avtonom okrugi sudi 39 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qasddan og‘ir tan jarohati yetkazishda aybdor deb topdi. Sud materiallariga ko‘ra, u hamkasbiga hayot uchun xavfli bo‘lgan tan jarohati yetkazgan.

 

Yamalo-Nenets avtonom okrugi prokuraturasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, hodisa 2025-yil sentabr oyida Aksarka shahrida sodir bo‘lgan. Mojaro vaqtida ayblanuvchi jabrlanuvchining qorin qismiga pichoq bilan zarba bergan. Voqeadan so‘ng u huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olinib, tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.

 

Sud qaroriga muvofiq, erkak Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 111-moddasi 2-qismi — odam hayoti uchun xavfli bo‘lgan qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyatini sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga umumiy tartibli jazoni ijro etish koloniyasida bir yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

 

Sud jarayonida sudlanuvchi o‘z aybini to‘liq tan olgani va qilgan ishidan pushaymonligini bildirgani qayd etilgan.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, hukm hozircha qonuniy kuchga kirmagan. Belgilangan jazoni o‘tab bo‘lgach, sudlanuvchi Rossiya hududidan deportatsiya qilinadi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak hamkasbini pichoqlagani uchun bir yilga qamaldi | Zamon.uz