O'zbekiston

O‘zbekistonda poyezdlar chiptalari narxlari 15 foizga oshirilmoqda

O‘zgarishlar xizmat sifati va ekspluatatsiya xarajatlari bilan izohlandi.

O‘zbekistonda poyezdlar chiptalari narxlari 15 foizga oshirilmoqda

 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida yo‘lovchi tashish sohasida bozor tamoyillariga asoslangan tariflar shakllantirilgan. Bu haqda O‘zbekiston temir yo‘llari matbuot xizmati xabar berdi.

 

Yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlar xarajatlarining oshishi, elektr energiyasi hamda ekspluatatsiya xarajatlarining ko‘payishi, harakat xavfsizligini to‘liq ta’minlash, xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasida saqlash, shuningdek, infratuzilmani doimiy modernizatsiya qilish zaruratini inobatga olib, 2026-yil 1-fevraldan boshlab “Afrosiyob” elektropoyezdlari chipta narxlari 15 foizga oshiriladi.

 

Yangilangan chipta narxlari quyidagicha belgilandi:

Toshkent — Buxoro

  • VIP — 1 138 000 so‘m
  • Biznes — 760 000 so‘m
  • Ekonom — 509 000 so‘m

 

Toshkent — Qarshi

  • VIP — 976 000 so‘m
  • Biznes — 642 000 so‘m
  • Ekonom — 429 000 so‘m

 

Toshkent — Samarqand

  • VIP — 709 000 so‘m
  • Biznes — 455 000 so‘m
  • Ekonom — 311 000 so‘m

 

Shuningdek, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” yo‘lovchi poyezdlari uchun ham chipta narxlari 15 foizga oshirildi.

 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ-329-sonli qaroriga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab yuqori tezlikdagi va tezyurar poyezdlarda yo‘lovchi tashish tariflarini davlat tomonidan tartibga solish amaliyotidan voz kechilib, narxlar bozor mexanizmlari asosida shakllantirilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekistonda poyezdlar chiptalari narxlari 15 foizga oshirilmoqda | Zamon.uz