Jahon

Qozog‘istonda sunʼiy intellekt imom ishga tushiriladi

Qozog‘iston Musulmonlari diniy boshqarmasi diniy savollarga javob beruvchi sunʼiy intellekt ilovasini joriy etishni rejalashtirmoqda.

Qozog‘istonda sunʼiy intellekt imom ishga tushiriladi

 

Qozog‘istonda diniy-maʼrifiy sohada sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilmoqda. Qozog‘iston Musulmonlari diniy boshqarmasi sunʼiy intellekt asosida ishlaydigan “Imom AI” mobil ilovasini ishlab chiqishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi. Bu haqda Orda.kz nashri xabar berdi.

 

Qozog‘iston Oliy muftiysi Nauryzbay hoji Taganulining so‘zlariga ko‘ra, mazkur ilovani ishga tushirish 2026 yilga mo‘ljallangan. “Imom AI” ishonchli diniy manbalar asosida foydalanuvchilarning savollariga tezkor va aniq javoblar berishi kutilmoqda.

 

Bayonotda qayd etilishicha, zamonaviy talablarni inobatga olgan holda diniy sohada ham sunʼiy intellekt imkoniyatlarini tizimli joriy etish zarur. Loyiha fuqarolarning diniy savollariga oson va ishonchli javob olishiga xizmat qilishi bilan birga, imomlar va ruhoniylar zimmasidagi yukni kamaytirishi ham ko‘zda tutilgan.

 

Shuningdek, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Yangi yil munosabati bilan qilgan murojaatida 2026 yilni Raqamlashtirish va sunʼiy intellekt infratuzilmasini rivojlantirish yili deb eʼlon qilgan edi. Prezidentning taʼkidlashicha, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish mamlakatning barcha sohalardagi salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

 

Avvalroq O‘zbekiston Musulmonlar idorasi sun'iy intellektdan diniy savollarni so‘rash joiz emasligini maʼlum qilgan edi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Qozog‘istonda sunʼiy intellekt imom ishga tushiriladi | Zamon.uz