Jahon

Rossiyada mehnat migrantlarini oldindan tanlash va tayyorlash tizimi joriy etiladi

Tajriba 2026–2030-yillar oralig‘ida amalga oshiriladi.

Rossiyada mehnat migrantlarini oldindan tanlash va tayyorlash tizimi joriy etiladi

 

Rossiya hukumatining qaroriga muvofiq, mamlakatda mehnat migrantlarini maqsadli jalb qilish bo‘yicha tajriba loyihasi amalga oshiriladi. Loyiha Moskva shahri va Moskva viloyatidan tashqari Rossiyaning barcha hududlarini qamrab oladi. Bu haqda TASS xabar berdi.

 

Tajriba doirasida xorijiy fuqarolar Rossiyaga kirishdan avval o‘z mamlakatlarida tanlab olinadi va ishga tayyorlashdan o‘tkaziladi. Buning uchun migrantlarni tanlash, o‘qitish va hujjatlashtirishga mo‘ljallangan maxsus infratuzilma yaratiladi.

 

Loyihani amalga oshirish uchun Rossiya Ichki ishlar vazirligi va Mehnat vazirligi boshqa tegishli federal idoralar bilan birgalikda masʼul etib belgilandi.

 

Hukumat hujjatiga ko‘ra:

  • 2026-yil 15-mayga qadar tajribani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan federal qonun loyihalari ishlab chiqilib, hukumatga taqdim etiladi;
  • 2026-yil 1-dekabrgacha Ichki ishlar vazirligi migrantlarni maqsadli yollash jarayonini taʼminlaydigan maxsus axborot tizimini ishga tushiradi;
  • shu muddatga qadar Ichki ishlar vazirligi Raqamli rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda migrantlar uchun maxsus mobil ilova ishlab chiqadi;
  • 2026-yil 10-dekabrgacha Rostrud va hududiy hokimliklar migrantlarni yollovchi ish beruvchilar uchun mehnat qonunchiligiga rioya etish bo‘yicha maslahat tadbirlarini o‘tkazadi (keyinchalik bu tadbirlar har yili davom ettiriladi).

 

Tajriba yakunlangach, Ichki ishlar vazirligi va Mehnat vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2030 yil 30 oktyabrgacha loyiha natijalarini Rossiya qonunchiligiga doimiy joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.