O'zbekiston

Sovuq sabab elektr energiyasida cheklovlar bo‘lishi mumkin —Energetika vazirligi

Havo haroratining keskin pasayishi munosabati bilan energitika tizimi kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkaziladi.

Sovuq sabab elektr energiyasida cheklovlar bo‘lishi mumkin —Energetika vazirligi

 

 

 

Havo haroratining keskin pasayishi kutilayotgani munosabati bilan yoqilg‘i-energetika tizimi kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkazildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, sovuq ob-havo sharoitida elektr, issiqlik va gaz ta’minotining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida qator tezkor choralar ko‘rilmoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, energetika obyektlarida qo‘shimcha texnik ko‘riklar o‘tkazilib, ishlab chiqarish va yetkazib berish quvvatlari mavjud ob-havo sharoitiga moslashtirilgan. Mas’ul xizmatlar tunu kun ishlamoqda hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni tezkor bartaraf etishga tayyor holatga keltirilgan.

 

Sovuq kunlarda energiya resurslariga bo‘lgan talab ortishi sababli ayrim hududlarda vaqtinchalik texnik cheklovlar kuzatilishi mumkin. Shunga qaramay, aholi va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni barqaror energiya bilan ta’minlash ustuvor vazifa bo‘lib qoladi. Fuqarolardan elektr energiyasi va tabiiy gazdan oqilona foydalanish, isitish uskunalaridan tejamkorlik bilan foydalanish so‘ralmoqda.

 

Shuningdek, xavfsizlik choralariga qat’iy rioya etish muhimligi ta’kidlandi. Isitish qurilmalarini qarovsiz qoldirmaslik, xonalarni muntazam shamollatib turish, dudburon va ventilyatsiya tizimlarining soz holatda ekanini tekshirish zarur. Is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida yopiq joylarda ochiq olov yoki nosoz isitish uskunalaridan foydalanmaslik, imkon qadar is gazi aniqlagich qurilmalardan foydalanish tavsiya etildi. Energiya ta’minoti bo‘yicha murojaatlar uchun elektr energiyasi yuzasidan 1154, gaz ta’minoti bo‘yicha esa 1104 va 104 raqamlari orqali bog‘lanish mumkin.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Sovuq sabab elektr energiyasida cheklovlar bo‘lishi mumkin —Energetika vazirligi | Zamon.uz