O'zbekiston

Elektr taʼminoti korxonasi xodimi kaltaklangan — qonun nima deydi?

Rasul Kusherbayev elektrchilar vakolatlari va fuqarolarning huquqlari bo‘yicha muhim tushuntirish berdi.

Elektr taʼminoti korxonasi xodimi kaltaklangan — qonun nima deydi?

 

 

Ijtimoiy tarmoqlarda elektr ta’minoti korxonasi xodimi kaltaklangani haqidagi xabarlar keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu holat yuzasidan Rasul Kusherbayev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida amaldagi qonunchilik normalariga e’tibor qaratdi.

 

Uning ta’kidlashicha, Vazirlar Mahkamasining 319-son qaroriga muvofiq, elektr ta’minoti xodimlari faoliyati qat’iy tartiblar bilan cheklangan. Jumladan, agar iste’molchi xodimni hududga kiritmasa, elektr energiyasi faqat asosiy ulanish nuqtasidan, ya’ni turar joy ichiga kirmagan holda uzilishi shart.

 

Shuningdek, elektr hisoblagichini tekshirish faqat xodimning shaxsiy guvohnomasi asosida amalga oshiriladi. Bunda fuqarolarning turar joy daxlsizligi buzilmasligi lozimligi alohida qayd etilgan.

 

Rasul Kusherbayev Konstitutsiyaga ko‘ra turar joy daxlsiz ekani, hech bir mansabdor shaxs yoki xizmat ko‘rsatuvchi xodim kuch ishlatish yoki noqonuniy ravishda uyga kirishga haqli emasligini ta’kidladi. Mazkur holatlar yuzasidan mas’ul idoralar tomonidan qonuniy baho berilishi zarurligi qayd etildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Elektr taʼminoti korxonasi xodimi kaltaklangan — qonun nima deydi? | Zamon.uz