Jahon

Hamzat Chimayevning avtohalokatda vafot etgani rad etildi

Avvalroq sportchining Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam Qodirov bilan bir mashinada avtohalokatga uchragani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Hamzat Chimayevning avtohalokatda vafot etgani rad etildi

 

Chechenistonda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida UFS chempioni Hamzat Chimayev vafot etgani haqidagi tarqalgan maʼlumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda “Idman.Biz” nashri “Checheniston segodnya” axborot agentligiga tayanib xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, 31 yoshli sportchi hozirda Dubay shahrida bo‘lib, uning ahvoli yaxshi. Vaziyatdan xabardor manba ushbu maʼlumotni tasdiqlagan.

 

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Grozniy shahrida Hamzat Chimayev va Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam Qodirov ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgani, natijada sportchi halok bo‘lgani haqida asossiz xabarlar tarqalgan edi.

 

“Checheniston segodnya” axborot agentligi sportchiga yaqin manbaga tayanib, Hamzat Chimayevning avtohalokatda vafot etgani haqidagi xabarlar yolg‘on ekanini yana bir bor tasdiqladi.

 

Eslatib o'tamiz, Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam Qodirov Grozniy shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasiga uchrab, shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi. Hozircha Adam Qodirovning holati yuzasidan ham aniq maʼlumot berilmagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Hamzat Chimayevning avtohalokatda vafot etgani rad etildi | Zamon.uz