O'zbekiston

Xalqaro O‘zbeklar kuni ta’sis etiladi

Butun dunyoda ushbu kun elchixonalar orqali nishonlanadi.

Xalqaro O‘zbeklar kuni ta’sis etiladi

 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Xalqaro O‘zbeklar kunini belgilash taklifi ma’qullandi. Bu tashabbusni AQShdagi O‘zbekiston elchisi Furqat Sidiqov xorijdagi vatandoshlar iltimosini prezidentga yetkazish orqali ilgari surdi.

 

Yig‘ilishda davlat rahbari AQShda, xususan Nyu-York va Vashington shaharlarida mahalla va choyxonalar tashkil etish zarurligini ta’kidladi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu loyihalar vatandoshlar uchun qulay makon yaratib, ularning g‘urur-iftixorini oshiradi.

 

Furqat Sidiqovning qayd etishicha, u O‘zbekiston elchisi sifatida oxirgi ikki yil ichida AQSh rahbarlari va kongressmenlar bilan samarali muloqot olib borib, 2000 ta ish o‘rinlari yaratildi, shuningdek, to‘rtta savdo uyi ochildi. Shu bilan birga, Xalqaro O‘zbeklar kunini butun dunyoda elchixonalar orqali nishonlash rejalashtirilmoqda.

 

Bundan tashqari, Sidiqov Amerika kompaniyalari O‘zbekistonning IT-parklari va IT-kompaniyalari bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi. Ushbu tashabbus xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash va O‘zbekiston madaniyatini global maydonda targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.