O'zbekiston

“Qarshi neft bazasi” rahbari lavozimidan ozod etildi

Bunga rahbar faoliyatidagi jiddiy kamchiliklar va mas’uliyatsizlik sabab bo'lgani aytilmoqda.

“Qarshi neft bazasi” rahbari lavozimidan ozod etildi

 

Ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashgani uchun “Qarshi neft bazasi” rahbarini ishdan olish bo‘yicha topshiriq berildi. Bu haqda 18-yanvar kuni “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot kotibi Mo‘min Ibodov ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qaror Qashqadaryo viloyatida olib borilgan o‘rganishlar yakunida qabul qilingan.

 

Ma’lum qilinishicha, “O‘zbekneftgaz” boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruh hududdagi o‘rganishlarning uchinchi kunini aynan “Qarshi neft bazasi” faoliyatini tahlil qilishdan boshlagan. O‘rganishlar jarayonida bazadagi holat keskin tanqid qilingan, jumladan, hudud va jarayonlarni raqamlashtirish orqali talon-torojliklarning oldini olish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilgan.

 

Tekshiruvlar davomida neft bazaning bugungi holati qoniqarsiz ekani aniqlangan. Neft mahsulotlarini realizatsiya qilishda shaffof va samarali tizim yo‘lga qo‘yilmagani, boshqaruv hamda ichki nazorat mexanizmlarining sustligi oqibatida bir qator jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani qayd etildi. Natijada “Qarshi neft bazasi” 2025-yilni moliyaviy zarar bilan yakunlagan.

 

Shuningdek, neft mahsulotlari zichligini noto‘g‘ri qo‘llash holatlari aniqlanib, bu iste’molchilar manfaatlariga zarar yetkazgani ta’kidlandi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur bazada Bekzod Bobonazarov vaqtinchalik direktor vazifasini bajarib kelgan. Eslatib o‘tilishicha, avvalroq “O‘zbekneftgaz” boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov Termiz, Jizzax, Maroqand va Kuchlik neft bazalari rahbarlarini ham lavozimidan ozod etgan edi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“Qarshi neft bazasi” rahbari lavozimidan ozod etildi | Zamon.uz