O'zbekiston

Sanoat korxonalari poytaxtdan tashqariga ko‘chirilmoqda

Ekologik xavf va energiya sarfini kamaytirish maqsadida Toshkentdagi 87 ta korxona bosqichma-bosqich hududlardan chiqarilmoqda.

Sanoat korxonalari poytaxtdan tashqariga ko‘chirilmoqda

 

 

O‘zbekistonda ekologik jihatdan xavfli va energiya sarfi yuqori bo‘lgan sanoat korxonalarini shaharlar tashqarisiga ko‘chirish jarayoni boshlandi. Bu chora-tadbirlar Prezidentning 2025-yil 30-yanvardagi “O‘zbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirishga doir 16-sonli farmoniga muvofiq, “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” doirasida olib borilmoqda. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ma'lum qildi.

 

Mazkur dasturga ko‘ra, birgina sanoat korxonasini poytaxt hududidan tashqariga ko‘chirish yiliga o‘rtacha 226 tonnadan ortiq zararli tashlamalarni qisqartirish imkonini beradi. Shu bois Toshkent va Nukus shaharlari, shuningdek viloyat markazlarida joylashgan asbest va sement sanoati, charm-poyabzal va parrandachilik ishlab chiqarishlari, qora va rangli metallurgiya hamda energiya iste’moli yuqori bo‘lgan boshqa tarmoqlar faoliyatini hududlardan chiqarish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqilmoqda.

 

Xususan, Toshkent shahrida mazkur talablarga mos keladigan 87 ta sanoat korxonasi aniqlangan. Ularni ko‘chirish jarayoni ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va texnologik jarayonlarni zamonaviy ekologik standartlarga moslashtirish sharti bilan bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

 

Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Maxsus komissiya tomonidan sanoat obyektlarida doimiy reyd tekshiruvlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi Janubiy sanoat zonasida joylashgan, ikkilamchi rangli metallarni yig‘ish va qayta ishlashga ixtisoslashgan “O‘zvtorsvetmet” AJ faoliyati o‘rganildi. Ushbu korxona ekologik xavflilik bo‘yicha I toifaga mansub hisoblanadi.

 

2025-yil oktyabr oyida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida atrof-muhitni ifloslantirish holatlari aniqlanib, korxonaga majburiy ko‘rsatma berildi hamda yetkazilgan ekologik zarar uchun 18 milliard 91 million so‘mdan ortiq kompensatsiya belgilandi.

 

Maxsus komissiya qarori va Ekologiya hamda iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ko‘rsatmalariga asosan, “O‘zvtorsvetmet” AJ Jizzax viloyatidagi sanoat zonasiga ko‘chiriladi. Shu bilan birga, Yangihayot tumanida ishlab chiqarish faoliyati to‘xtatiladi.

 

Kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha berilgan imtiyozlar evaziga eskirgan va ekologik jihatdan zararli eritish pechlari utilizatsiya qilinib, korxona zamonaviy, texnologik jihatdan takomillashgan va ekologik talablarga to‘liq javob beradigan uskunalarda faoliyatini davom ettiradi.

 

Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida yiliga o‘rtacha 226,7 tonna zararli moddalar atmosferaga chiqarilishining oldi olinishi kutilmoqda. Bu esa Toshkent shahrining Yangihayot tumanida havo sifati sezilarli darajada yaxshilanishiga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Sanoat korxonalari poytaxtdan tashqariga ko‘chirilmoqda | Zamon.uz