O'zbekiston

Oʻzbekistonda qurilishda baxtsiz hodisalar oqibatida halok boʻlganlar soni ortdi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda qurilish maydonlarida halok bo‘lganlar soni qariyb 100 nafarga yetgan.

Oʻzbekistonda qurilishda baxtsiz hodisalar oqibatida halok boʻlganlar soni ortdi

 

 

O‘zbekistonda qurilish sohasida mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar va ular oqibatidagi o‘lim holatlari keskin oshdi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilda sohaga oid 204 ta baxtsiz hodisa qayd etilib, 71 nafar ishchi vafot etgan.

 

2025-yilda esa holat yanada og‘irlashgan. O‘tgan yil davomida qurilish sohasida 234 ta baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan bo‘lib, ular oqibatida 99 nafar ishchi hayotdan ko‘z yumgan. Shu tariqa, mehnat jarayonida eng ko‘p o‘lim holatlari aynan qurilish sohasida qayd etilgan.

 

Vazirlikning ta’kidlashicha, aksariyat fojiali holatlar mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmasligi, ishchilarning shaxsiy himoya vositalari bilan yetarlicha ta’minlanmagani hamda nazorat mexanizmlarining sustligi bilan bog‘liq.

 

Mutasaddilar mehnat xavfsizligi masalasiga loqayd qarash inson hayoti uchun jiddiy xavf tug‘dirishini qayd etib, bu talablar faqat hisobot uchun emas, balki real hayotni asrash uchun zarurligini eslatmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Oʻzbekistonda qurilishda baxtsiz hodisalar oqibatida halok boʻlganlar soni ortdi | Zamon.uz