O'zbekiston

Qoraqalpog‘istonlik ayolning hojatxonada ko‘zi yoridi. Lekin chaqaloq uzoq yashamadi

Ayol homilani tushiradigan va tug‘ruqni tezlashtiradigan dorilar isteʼmol qilishi natijasida hojatxonada farzandini dunyoga keltiradi. Shundan keyin u chaqaloqni “unitaz”da oqizib yubormoqchi bo‘lgan.

Qoraqalpog‘istonlik ayolning hojatxonada ko‘zi yoridi. Lekin chaqaloq uzoq yashamadi

 

Toshkentga ishlash uchun kelgan ayol “Zafar” bilan ishqiy munosabat qurib, undan homilador bo‘lib qoladi.  So‘ngra, u yana farzand ko‘rsa, qiynalib qolishini o‘ylab, homilani tushiradigan va tug‘ruqni tezlashtiradigan dorilar isteʼmol qiladi.  Natijada, ayolni to‘lg‘oq tutadi va hojatxonaga kirib, farzandini dunyoga keltiradi. Shundan keyin u chaqaloqni “unitaz”da oqizib yubormoqchi bo‘ladi.

 

Ko‘zini ne-ne umidlarda ochgan go‘dak onasining qo‘lida o‘lim topdi. Zamon.uz sud hujjati bilan tanishdi.

 

1999-yilda tug‘ilgan ayol 2018-yilda sharʼiy nikoh asosida turmush quradi. Oradan vaqt o‘tib, 2 farzandnining onasiga aylanadi. Nomaʼlum sabablar tufayli oila darz ketadi. Shundan keyin, ayol 2024-yilda ish qidirib, Toshkent shahriga keladi va somsaxonalarning birida ishlay boshlaydi. Tabiiyki, u yerda topganlari sarf-xarajalariga yetmaydi. Bir kuni “Zafar” ismli shaxs bilan tanishadi. Erkak unga moddiy yordam berib turadi, o‘rtada ishqiy munosabatlar o‘rnatilgach, ayol homilador bo‘ladi. U bolasi ancha rivojlanganini, dunyoga keltirsa, qanday boqishini o‘ylab, undan qutilishga harakat qiladi. Homilani yashirish uchun shifoxonaga  bormaydi.  Internet orqali homilani tushirish va tug‘ruqni tezlashtirish yo‘llarini qidiradi. Ayol shunga yordam beradigan 7 ta tabletkani onlayn buyurtma qilib, kun davomida isteʼmol qiladi. Sudlanuvchini shu kuni to‘lg‘oq tutadi. 

 

2024-yil 20-noyabr, tongda uning ko‘zi yoriydi. Faqat tug‘ruqxonada emas, hojatxonada. Boshqa chorasi bo‘lmagandir, guldek farzandiga mehri oshib shifoxonaga borgandir deb o‘ylayotgandirsiz. Biroq unday bo‘lmadi. Ayol norasidaning boshini “unitaz”ga tiqib, oqizib yuborishga harakat qiladi. Shunday keyin, chaqaloqning ovozi chiqmaydi. Ona o‘lgan degan gumonda, uni choyshabga o‘rab, vaqtincha yashash uyining yerto‘lasiga olib tushadi. So‘ngra, u soat 07:55 larda go‘rgovga qo‘ng‘iroq qilib, farzandini dafn etish kerakligini aytadi. Oradan yarim soat o‘tgach, ayol marosim mashinasida qabristonga kelib, bolasi tushib qolganini bildiradi. Go‘rkov ayoldan o‘lim haqida tibbiy maʼlumotnoma talab qiladi. Lekin u taqdim qilinmagach, go‘rkov ichki ishlar xodimlariga xabar beradi.

 

Sud tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, chaqaloq ayol jinsiga mansubligi,  38-39 haftalik ekanligi ayon bo‘lgan. Uning o‘limi – bosh miya pardalari ostiga va miya to‘qimasiga qon quyilishi bilan birga kechgan bosh miya yopiq jarohatidan kelib chiqqan. Ayol sudda aybiga to‘liq iqrorlik bildirdi. Guvohlik bergan go‘rgov esa sudlanuvchiga yengillik so‘radi.

 

2025-yil 13-noyabr kuni JIB Mirzo Ulug‘bek tuman sudi tomonlarni eshitib. sudlanuvchi A.D.ga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi. Jazoni doimiy yashash manzilida o‘tash belgilandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qoraqalpog‘istonlik ayolning hojatxonada ko‘zi yoridi. Lekin chaqaloq uzoq yashamadi | Zamon.uz