O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva ishtirokidagi hay’at Shayx Zayed nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofoti sovrindorlarini aniqladi

2026-yilgi ushbu nufuzli mukofot tinchlik kelishuvi va afg‘on qizlari ta’limi himoyachisiga topshirildi.

Saida Mirziyoyeva ishtirokidagi hay’at Shayx Zayed nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofoti sovrindorlarini aniqladi

 

 

Birlashgan Arab Amirliklarida Shayx Zayed nomidagi “Insoniy birodarlik” xalqaro mukofotining 2026-yilgi sovrindorlari rasman e’lon qilindi. Mazkur mukofot dunyo miqyosida dinlararo totuvlik, o‘zaro hurmat, ijtimoiy adolat va inson salohiyatini rivojlantirishga hissa qo‘shayotgan shaxslar hamda tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

 

Joriy yilda mukofot Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida imzolangan tarixiy tinchlik kelishuvi hamda afg‘on qizlari va ayollari ta’lim huquqi uchun kurashib kelayotgan huquq faoli Zarqa Yaftaliga berildi. Mazkur tinchlik bitimi Kavkaz mintaqasida o‘nlab yillar davom etgan qarama-qarshiliklarni bartaraf etish yo‘lidagi muhim siyosiy qadam sifatida e’tirof etildi.

 

Sovrindorlarni tanlash jarayoni xalqaro nufuzga ega bo‘lgan mustaqil hakamlar hay’ati tomonidan amalga oshirildi. Hay’at tarkibidan turli davlatlar va mintaqalardan taniqli siyosiy, diniy va gumanitar arboblar o‘rin olgan. Ular orasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ham bor. U Markaziy Osiyodan ushbu hay’atga kiritilgan birinchi va hozircha yagona vakil hisoblanadi.

 

E’tirof etilgan tinchlik kelishuvi ikki davlat rahbariyatining murakkab tarixiy muammolarni zo‘ravonlik emas, balki muloqot va kelishuv orqali hal etishga bo‘lgan siyosiy irodasini namoyon etadi. Ozarbayjon Prezidenti Ilham Aliyev ushbu mukofotni mintaqaviy va global tinchlikka qaratilgan sa’y-harakatlarga berilgan yuksak baho sifatida qabul qilganini bildirdi. Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan esa uni ikki xalq o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlovchi ramziy va umumiy yutuq, deya ta’rifladi.

 

Mukofot sovrindori Zarqa Yaftali o‘z navbatida ushbu e’tirof afg‘on ayollari va qizlari uchun umid va ruhiy tayanch bo‘lishini ta’kidladi. U uzoq yillar davomida ta’lim olish imkoniyatidan mahrum qatlamlar uchun bilim resurslari yaratish, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish hamda mahalliy darajada qo‘llab-quvvatlash tashabbuslarini yo‘lga qo‘yib kelmoqda.

 

Ma’lumot o‘rnida, Shayx Zayed nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofoti 2019-yilda Abu Dabida Rim papasi Fransisk va Al-Azhar bosh imomi Ahmad at-Tayyib o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tarixiy uchrashuv sharafiga ta’sis etilgan. Shu paytgacha mukofot dunyoning turli mintaqalaridan bo‘lgan o‘nlab nufuzli shaxslar va tashkilotlarga topshirilgan.

 

2026-yilgi sovrindorlarni taqdirlash marosimi 4-fevral kuni, BMT tomonidan belgilangan Xalqaro insoniy birodarlik kunida Abu Dabi shahrida bo‘lib o‘tadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Saida Mirziyoyeva ishtirokidagi hay’at Shayx Zayed nomidagi “Insoniy birodarlik” mukofoti sovrindorlarini aniqladi | Zamon.uz