O'zbekiston

MIBdan qarzi borlarning telefoni bloklanmaydi — MIB

Ijro hujjatlariga asosan qarzdorligi mavjud bo‘lgan shaxslarga tegishli mobil telefon qurilmalarini bloklash haqidagi xabarlar feyk hisoblanadi.

MIBdan qarzi borlarning telefoni bloklanmaydi — MIB

 

 

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda Majburiy ijro byurosi (MIB) tomonidan qarzdor fuqarolarning mobil telefonlari bloklanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu muhokamalarga MIB rasmiy munosabat bildirib, bu kabi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.

 

Byuro qayd etishicha, ijro hujjatlariga asosan qarzdorligi mavjud bo‘lgan shaxslarga tegishli mobil telefon qurilmalarini bloklash haqidagi xabarlar feyk hisoblanadi. Qarzdorlik yoki ijro jarayonlari fuqarolarning telefonlari va boshqa texnik qurilmalarining ishlashiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

 

MIB fuqarolarga ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlik mavjud yoki yo‘qligi, shuningdek, xorijga chiqish bo‘yicha cheklovlar haqida ma’lumotni rasmiy manbalar orqali tekshirishni tavsiya etdi. Buning uchun byuroning rasmiy www.mib.uz sayti hamda Google Play Market yoki App Store’da joylashtirilgan mib.uz mobil ilovasidan foydalanish mumkin.

 

Shuningdek, MIB fuqarolarni faqat ishonchli va rasmiy axborot manbalariga tayanishga chaqirib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan asossiz xabarlarga ishonmaslikka undadi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

MIBdan qarzi borlarning telefoni bloklanmaydi — MIB | Zamon.uz