O'zbekiston

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Taftish.uz ishi yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi

Taftish.uz internet nashrining birorta vakili Uyushma a’zosi hisoblanmaydi, hamda ushbu nashr xodimlarining jurnalistika sohasi bo‘yicha mutaxassislik ma’lumotiga egaligi haqida Uyushmada ma’lumot mavjud emas.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Taftish.uz ishi yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi tomonidan Taftish.uz internet nashri xodimlari ishi yuzasidan munosabat bildirilmagani haqida turli da’volar tarqaldi.

 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi quyidagilarni ma’lum qildi. Avvalo, Taftish.uz internet nashrining birorta vakili Uyushma a’zosi hisoblanmaydi. Shuningdek, ushbu nashr xodimlarining jurnalistika sohasi bo‘yicha mutaxassislik ma’lumotiga egaligi haqida Uyushmada ma’lumot mavjud emas. Qolaversa, Taftish.uz xodimlarining jurnalist odobi va kasbiy etika normalariga zid xatti-harakatlari bo‘yicha e’tirozlar ilgari ham bildirilgan.

 

Shu bilan birga, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi nafaqat o‘z a’zolari, balki mamlakatda faoliyat yuritayotgan barcha davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalari vakillarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarini izchil davom ettirib kelmoqda. Taftish.uz xodimlari bilan bog‘liq holat bo‘yicha esa vakolatli organlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda xolis va huquqiy baho berilishi lozimligi qayd etildi.

 

Mazkur masala fonida ayrim jurnalistlar tomonidan Uyushma faoliyatiga nisbatan tanqidiy fikrlar ham bildirildi. Uyushma tanqidni qabul qilgan holda, u asosli va xolis bo‘lishi zarurligini ta’kidladi. Shu bilan birga, ayrim chiqishlarda dalillarga asoslanmagan, umumiy va subyektiv fikrlar ilgari surilgani qayd etildi.

 

Xususan, Uyushma tomonidan jurnalistlarni birlashtirish yo‘lida ishlar olib borilmayotgani yoki davlat rahbari tomonidan qabul qilingan hujjatlar ijrosi ta’minlanmayotgani haqidagi da’volar asossiz ekani bildirildi. Uyushma faoliyati Jurnalistlar.uz telegram kanali, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar, “Hurriyat” gazetasi, shuningdek, markaziy OAV va teleradiokanallar orqali muntazam yoritib borilmoqda.

 

Ma’lumot uchun, Uyushma va uning hududiy bo‘limlari tomonidan jurnalistlar hamjihatligini mustahkamlashga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkazilgan. Jumladan, Uyushma kubogi sport musobaqalarida qariyb 200 nafar, Toshkent viloyatida tashkil etilgan uch kunlik respublika mediaforumida 100 nafardan ortiq, Samarqandda o‘tkazilgan mintaqaviy konferensiyada esa to‘rt viloyatdan 60 nafarga yaqin jurnalistlar ishtirok etgan. Bundan tashqari, media-turlar, matbuot anjumanlari, ustoz jurnalistlar holidan xabar olish hamda jurnalistikaga oid kitoblarni tayyorlash va chop etish ishlari muntazam amalga oshirilmoqda.

 

A’zolik masalasiga to‘xtalar ekan, Uyushma yangi a’zolarni qabul qilish amaldagi nizom va belgilangan tartib asosida, jurnalistlarning shaxsiy murojaati bilan amalga oshirilishini bildirdi. Uyushma tomonidan hech kim majburan a’zolikka qabul qilinmasligi ta’kidlandi.

 

Uyushma o‘z faoliyatida kamchiliklar mavjudligini inkor etmasligini, biroq ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar muntazam ko‘rilayotganini ma’lum qildi.

 

Yakunda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi mamlakatda faoliyat yuritayotgan barcha OAV vakillarini O‘zbekiston jurnalistlarining kasb etikasi kodeksi hamda amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilgan holda faoliyat yuritishga, yurt tinchligi va barqarorligi yo‘lida jipslashishga chaqirdi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Taftish.uz platformasi xodimlari tovlamachilik va firibgarlikda gumonlanib, 27 nafar fuqaro 21 ta holat bo‘yicha ushbu media platforma xodimlarining noqonuniy harakatlaridan jabrlanganini bildirgani hamda shundan so‘ng gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangani haqida xabar berilgan edi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Taftish.uz ishi yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi | Zamon.uz