Qirg‘iziston salkam 27 tonna piyozni O‘zbekistonga qaytarib yubordi
Tekshiruv davomida mahsulotda kerakli fitossanitar sertifikat va yuk markirovkasi mavjud emasligi aniqlangan.

O‘tgan hafta oxirida “Do‘stlik” nazorat-o‘tkazish punktida O‘zbekistondan Qirg‘izistonga olib kelinayotgan 26 tonna 978 kilogramm piyoz fitossanitar tekshiruvdan o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida mahsulotda kerakli fitossanitar sertifikat va yuk markirovkasi mavjud emasligi aniqlangan, shuning uchun piyoz Qirg‘iziston hududiga kiritilmagan. Bu haqda 24.kg nashri xabar berdi.
O‘sh shahar Kimyoviylashtirish, o‘simliklarni himoya qilish va karantin boshqarmasi chegara hududida fitosanitariya xavfsizligini ta’minlash maqsadida nazoratni kuchaytirgan. Mutaxassislar barcha yuklarni sinchiklab tekshirgan va fitosanitariya qoidalarini buzish holatlari aniqlangan.
Suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, piyoz mahsulotlarida tegishli sertifikat va belgilangan tartibda yorliq yo‘qligi sababli Qirg‘iziston hududiga o‘tkazilmagan. Shu tariqa, O‘zbekistondan Qirg‘izistonga salkam 27 tonna piyoz import qilinmadi.
Yuk O‘sh departamenti mutaxassislari tomonidan qaytarilgan va fitosanitariya qoidalariga rioya qilinmagani aniqlangan mahsulot tashuvchiga ortga yuborildi. Bu holat chegara nazorati va fitosanitariya talablariga qat’iy amal qilinishining muhimligini yana bir bor ko‘rsatdi.







