O'zbekiston

“Biznesni rivojlantirish banki” 2025-yilda 10,38 trln so‘m kredit ajratdi

Bank aktivlari 18,8 foizga, kapitali 22,7 foizga oshdi.

“Biznesni rivojlantirish banki” 2025-yilda 10,38 trln so‘m kredit ajratdi

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan brifing tashkil etildi. Unda bankning 2025 yildagi faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari va erishilgan iqtisodiy natijalari haqida axborot berildi.

 

Bank Axborot xizmati rahbari Shuhrat Oripovning  qayd etishicha, 2026 yilning 1 yanvar holatiga “Biznesni rivojlantirish banki”ning umumiy kapitali 5 trln 269 mlrd 400 mln so‘mni tashkil etgan. Yaʼni bank kapitali 974 mlrd so‘mga yoki 22,7 foizga o‘sgan.

 

Bankning jami aktivlari esa 38 trln 167 mlrd 731 mln so‘mga yetdi. Jami aktivlar o‘tgan yilga nisbatan 6 trln 34 mlrd so‘mga oshdi. Bu 18,8 foizga o‘sishni anglatadi.

 

Biznesni rivojlantirish bankining daromad keltiruvchi aktivlari 32 trln 184 mlrd 800 mln so‘mga yetdi. Daromad keltiruvchi aktivlari o‘tgan yilga nisbatan  5 trln 382 mlrd so‘mga oshdi yoki 20,1 foizga o‘sish kuzatildi. Ushbu aktivlarning bank jami aktivlaridagi ulushi 84,3 foizini tashkil qildi.

 

Bankdagi banklararo depozitlari qoldig‘i 4 trln 417 mlrd 500 mln so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 1 trln 32 mlrd 200 mln so‘mga oshdi. Yoki 30,5 foiz o‘sishga erishilgan.

 

  Brifingda taʼkidlanganidek, 2026 yilning 1 yanvar holatiga, Biznesni rivojlantirish bankining kredit qo‘yilmalari 24 trln 551 mlrd 958 mln so‘mga yetgan. Bu borada o‘tgan yilga nisbatan 2 trln 25 mlrd 327  mln so‘mga yoki 8,9 foizga o‘sishga erishilgan.

 

Bankdagi  depozit baza 15 trln 241 mlrd 200 mln   so‘mni tashkil etdi.  O‘tgan yilga nisbatan 4 trln 476 mlrd 300 mln so‘mga oshdi. Bu 41,6 foizga o‘sish demakdir.

 

O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha bankning jami mijozlari soni 1 mln 865 ming 608  nafardan oshdi.

 

Brifingda bank tomonidan biznes rivojiga yo‘naltirilgan moliyaviy sarmoyalar haqida ham axborot berildi. “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida 7 601 nafar tadbirkorga 820 mlrd so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgan. Buning natijasida 7 809 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

 

Bankga biriktirilgan 610 ta mahallada jami 5 trln 215 mlrd so‘m kredit ajratilib, 262 ming 293 nafar aholi bandligi taʼminlandi. Shundan 97 ming 328 nafari doimiy ishga joylashtirildi va 164 ming 965 nafari tadbirkorlikka jalb qilindi.

 

Xususan, “Sayxunobod tajribasi” asosida xonadonbay ishlash tizimi orqali har bir mahalladagi xonadonlarga jami 6 689 ta moliyaviy paketlar, shu jumladan, 28 ming 12 ta mikroloyiha amalga oshirilib, 704 mlrd so‘m kredit ajratildi. Natijada 57 604 nafar aholi bandligi taʼminlandi.

 

“Uychi tajribasi” asosida 1 368 ta uchrashuv o‘tkazilib,   5 620 ta murojaat ko‘rib chiqildi va hal qilindi. Buning natijasida 8 688 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

 

2025 yilda xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Ayol tadbirkor” kredit mahsuloti orqali  1 530  nafar  tadbirkor ayolga 192 mlrd 400 mln so‘m kredit mablag‘lari ajratildi. Buning natijasida 2 300 ta yangi ish o‘rni vujudga keldi.

 

 Umuman olganda 2025 yilda “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan  10 trln 380 mlrd so‘m kredit ajratilgan.

 

   

 

Brifingda bank kelgusida ham zamonaviy xizmatlarni ko‘rsatish, kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali xalqimiz va mijozlar ishonchini qozonishga intilishi taʼkidlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Biznesni rivojlantirish banki” 2025-yilda 10,38 trln so‘m kredit ajratdi | Zamon.uz