Buxoroda ona MIB orqali bolalarini qaytarib oldi
Shu tariqa 2 nafar bola onasi bag‘riga qaytarilgan.

Turmush o‘rtog‘i uyidan ketishga majbur bo‘lgan ayol, bolalarini o‘z tarbiyasiga olish uchun sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan.
Sud holatni o‘rganib, daʼvo qanoatlantirilgan va 2 nafar voyaga yetmagan bolalarni onasi tarbiyasiga berilishini belgilangan.
Ijro hujjati Byuroning Shofirkon tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan.
Qarzdor ijro hujjati mazmuni bilan tanishtirilib, sud qarori talablarini ixtiyoriy ravishda bajarish lozimligi tushuntirilgan.
Biroq, qarzdor ota ijro hujjati talablari bajarmagan.
Shundan so‘ng, davlat ijrochisi tomonidan vakolatli organlar vakillari ishtirokida olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida voyaga yetmagan bolalar sog‘-salomat onasining tarbiyasiga olib berilgan.







