Gurlanda MIB orqali bolalar onasiga qaytarildi
Ijro harakatlari natijasida 2 nafar bola onasiga topshirilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan voyaga yetmagan ikki nafar farzandlarini javobgar B.S.dan daʼvogar Yu.S.ning tarbiyasiga olib berish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati Byuroning Gurlan tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.
Xususan, ijro hujjati ijrosini taʼminlash maqsadida bo‘lim xodimlari tomonidan javobgar va daʼvogar joriy yilning 15 yanvar kuni Byuroga chaqirtirilib, javobgarga sud qarori ijrosi taʼminlanishi lozimligi, uning ijrosini taʼminlamaslik oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berilgan.
Shuning natijasida, javobgar sud qarorida ko‘rsatilgan ikki nafar farzandini ixtiyoriy ravishda onasi bag‘riga qaytarib, sud qarori ijrosini taʼminlagan.







