O'zbekiston

“Otamning o‘rnini egallayman degan xayolda yurgandim” – “Baxti Tashkentskiy”ning o‘g‘li intervyu berdi

Bекzod Zafarov oʻtmishda otasining izidan borib, uning oʻrnini egallashni xohlab xato yo‘lni tanlagani haqida gapirdi.

“Otamning o‘rnini egallayman degan xayolda yurgandim” – “Baxti Tashkentskiy”ning o‘g‘li intervyu berdi

 

 

 

 

Ichki ishlar vazirligi Bахtiyor Qudratullaevning katta oʻgʻli Bекzod Zafarov haqida koloniya lavhasini eʼlon qildi. U o‘zining otasining nomi ostida xato fikr bilan harakat qilganini tan olib, koloniya ichida xo‘jalik va qurilish ishlari bilan shug‘ullanayotganini aytdi. “Notog‘ri ish qilgan ekanman. Bitta kasb o‘rganib, yurtda foydam tegadigan ish qilgan holda oilamning bag‘rida bo‘lganim ming marta afzalroq edi”, – dedi Bекzod Zafarov.

 

Bекzod koloniya ichida ishlab chiqarish korxonalarida foydali mehnat bilan shug‘ullanayotganini maʼlum qildi. U hozir xo‘jalik va qurilish ishlari bilan band bo‘lib, qolgan vaqtida temir-tersak bilan ishlashni davom ettirayotganini aytdi. Shu tariqa u qoidalar va intizomga rioya qilgan holda jamiyatga foyda keltiradigan ish bilan shug‘ullanmoqda.

 

U oʻtmishda otasining izidan borib, uning oʻrnini egallashni xohlab xato yo‘lni tanlaganini tan oldi. “Otamning yo‘nalishini ushlayman, oʻrnini egallayman, deb xayolda yurgandim. Endi tushundimki, bularning hammasi katta xato ekan. Oila bag‘rida bo‘lish, halol mehnat qilish ancha afzal”, dedi Bекzod.

 

Bекzod oila bilan vaqt o‘tkazolmasligidan qayg‘urdi. U farzandining birinchi sinfga chiqqan payti yonida bo‘lolmasligini, o‘qish mashg‘ulotlarini kuzata olmasligini va bu holat qalbini qiynashini aytdi. “Tungi tushlarimda bolalarim tushimga kiradi. Shu narsalar meni eng ko‘p alam qiladigan jihatlar”, – deya qo‘shimcha qildi u.

 

Shuningdek, u yoshligida chuchvarani xom sanaganini tan olib, qonunni bilib unga amal qilish zarurligini taʼkidladi. “Qaniydi vaqtni orqaga qaytarish imkonim bo‘lganida halol yurib, oilam bilan birga bo‘lishni istardim. Hibsxona oshini yeyotganimdan ko‘ra, oila davrasida bir bo‘lak non yeyish ming marta afzalroq ekan”, dedi Bекzod.

 

Bекzod Zafarov 1994 yilda Toshkentda tug‘ilgan va tovlamachilik hamda firibgarlik jinoyatlari uchun 11 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. Uning uka­si Ikhtiyor Qudratullaev 9 yil, otasi Bахtiyor Qudratullaev esa 20 yilga qamalgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Otamning o‘rnini egallayman degan xayolda yurgandim” – “Baxti Tashkentskiy”ning o‘g‘li intervyu berdi | Zamon.uz