O'zbekiston

“O‘zbekistonliklar uchun Yevropaga vizasiz kirish murakkab, ammo imkonsiz emas” — elchi Dilshod Ahatov

O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisining ta’kidlashicha, bunday rejimni joriy etish uchun Yevroittifoqqa a’zo barcha 27 davlat, shuningdek, Shengen hududiga kiruvchi boshqa mamlakatlarning ham roziligi talab etiladi.

“O‘zbekistonliklar uchun Yevropaga vizasiz kirish murakkab, ammo imkonsiz emas” — elchi Dilshod Ahatov

 

 

O‘zbekiston fuqarolari uchun Yevropa Ittifoqi davlatlariga vizasiz kirish masalasi oson hal bo‘ladigan jarayon emas. O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi Dilshod Ahatovning ta’kidlashicha, bunday rejimni joriy etish uchun Yevroittifoqqa a’zo barcha 27 davlat, shuningdek, Shengen hududiga kiruvchi boshqa mamlakatlarning ham roziligi talab etiladi. Chunki Germaniyaga vizasiz kirish avtomatik tarzda butun Shengen hududi bo‘ylab erkin harakatlanish imkonini beradi.

 

Diplomatning aytishicha, Shengen hududida ichki chegaralar mavjud emas va bir davlatga kirgan shaxs boshqa mamlakatlarga ham bemalol o‘ta oladi. Shu sababli vizasiz rejim faqat bir davlat bilan emas, balki qariyb 30 dan ortiq mamlakat bilan bir vaqtning o‘zida kelishuvni talab qiladi. Elchi bu masala kelajakda bosqichma-bosqich hal bo‘lishi mumkinligini, biroq oldinda yechilishi lozim bo‘lgan muammolar ko‘pligini qayd etdi.

 

Shu bilan birga, Germaniya bugungi kunda chet ellik ishchi kuchiga juda muhtoj. Bunga mamlakatdagi demografik vaziyat sabab bo‘lmoqda: aholi soni sekin o‘smoqda, tug‘ilish darajasi past, keksalar soni esa ortib bormoqda. Natijada Germaniya iqtisodiyotni ushlab turish uchun xorijdan malakali mutaxassislarni faol jalb qilmoqda. Asosiy talablar — nemis tilini bilish va kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lish.

 

Elchi Ahatovning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yilda Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida migratsiya va mobillik bo‘yicha imzolangan bitim ijobiy natija bermoqda. 2025-yilning o‘zida ikki mingdan ortiq o‘zbekistonlik yosh mutaxassis Germaniyada ishlashni boshlagan. Dual ta’lim tizimi orqali ular o‘qish bilan birga ishlash, oylik olish va keyinchalik barqaror ish o‘rniga ega bo‘lish imkoniyatiga ega. Bugungi kunda Germaniyada 15 mingdan ziyod o‘zbekistonlik istiqomat qilayotgani ham bu hamkorlik tobora kengayayotganidan dalolat beradi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“O‘zbekistonliklar uchun Yevropaga vizasiz kirish murakkab, ammo imkonsiz emas” — elchi Dilshod Ahatov | Zamon.uz