O'zbekiston

Toshkent va Farg‘onada “zakladka” va kontrabanda bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Tezkor tadbirlar natijasida 3 kg ga yaqin narkotik modda musodara qilindi.

Toshkent va Farg‘onada “zakladka” va kontrabanda bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan respublika hududlarida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi qator tezkor tadbirlar amalga oshirildi. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

DXX Toshkent shahar boshqarmasi hamda poytaxt IIBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Bektimer tumani hududida “zakladka” joylashtirishni rejalashtirgan, Jizzax viloyati Zafarobod tumanida doimiy ro‘yxatda turuvchi, 1992-yilda tug‘ilgan shaxs ushlandi.

 

Tekshiruv jarayonida uning yonidan 6 gramm “gashish” va 5 gramm “mefedron” giyohvandlik vositalari aniqlanib, belgilangan tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Tezkor tadbirlar davom ettirilib, ushbu shaxs ustachilik qilayotgan Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi yangi qurilayotgan hovli uy ko‘zdan kechirilganda, jami 1 kg 700 gramm “gashish” hamda 500 gramm “mefedron” moddasi ashyo dalil sifatida olindi.

 

Shuningdek, uning Zafarobod tumanidagi yashash manzilidan yana 800 gramm “mefedron” sintetik narkotik moddasi aniqlanib, musodara qilindi.

 

Mazkur holat yuzasidan ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda uning jinoiy sheriklarini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qo‘shtepa tumani tomon harakatlanayotgan “Spark” rusumli avtomobil Toshloq tumani hududida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

 

Natijada, transport vositasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Qo‘shtepa tumanida yashovchi, 2007-yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli bolalar sumkasidan Qirg‘iziston Respublikasidan olib kelingan 969 gramm “gashish” giyohvandlik vositasi aniqlangan.

 

Tergovga qadar tekshiruvlar davomida mazkur giyohvandlik moddasining asl egasi Farg‘ona shahrida yashovchi, 2006-yilda tug‘ilgan shaxs ekani aniqlanib, u ham qo‘lga olingan.

 

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkent va Farg‘onada “zakladka” va kontrabanda bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi | Zamon.uz