O'zbekiston

Aholini ro‘yxatga olishda kiritilgan maʼlumotlar maxfiy bo‘lib, soliq yoki boshqa idoralarga uzatilmaydi — Statistika qo‘mitasi

Onlayn ro‘yxatga olishda OneID login va parollarini uchinchi shaxslarga berish qonunchilikka zid ekani va salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida rasmiy ogohlantirish berildi.

Aholini ro‘yxatga olishda kiritilgan maʼlumotlar maxfiy bo‘lib, soliq yoki boshqa idoralarga uzatilmaydi — Statistika qo‘mitasi

 

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatga olish savolnomasini boshqa shaxslar tomonidan to‘ldirib berish bahonasida fuqarolardan shaxsiy identifikatsiya maʼlumotlari, jumladan OneID tizimiga kirish login va parollari talab etilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

 

Shu munosabat bilan taʼkidlab o‘tiladiki, ro‘yxatga olish savolnomasi har bir fuqaro tomonidan shaxsan, mustaqil ravishda to‘ldirilishi shart. O‘ziga yoki oila aʼzolariga tegishli shaxsiy maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish qonunchilik talablariga zid bo‘lib, maʼlumotlardan g‘arazli maqsadlarda foydalanilishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

 

Fuqarolarga shaxsiy maʼlumotlar daxlsizligini taʼminlash maqsadida onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonini o‘zlari mustaqil amalga oshirish qatʼiy tavsiya etiladi.

 

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida savolnomaga oila aʼzolari ham kiritilgan bo‘lsa, ularning barchasi aholini ro‘yxatga olish jarayonidan to‘liq o‘tgan hisoblanadi. Bu amaldagi qonunchilik talablariga to‘liq mos keladi.

 

Axborot tizimi tomonidan sertifikat faqat bitta — asosiy respondent nomi bilan shakllantiriladi. Shu bois, har bir oila aʼzosi uchun alohida sertifikat avtomatik ravishda berilmaydi.

 

Biroq census.stat.uz portali orqali shakllantirilgan sertifikatning quyi qismida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan barcha oila aʼzolarining to‘liq ro‘yxati aks ettiriladi. Ushbu sertifikat ish joylari yoki boshqa tashkilotlarga taqdim etish orqali oila aʼzolarining ro‘yxatdan o‘tganini tasdiqlash mumkin.

 

  • Savolnomada xonadonda amalda yashab turgan barcha oila aʼzolari haqidagi maʼlumotlar to‘liq kiritilishi lozim.
  • Tomorqa (hovli) yer maydoni, undan foydalanish holati, mavjud chorva va parrandalar soni haqidagi maʼlumotlar aniq ko‘rsatilishi shart.
  • Onlayn ro‘yxatdan o‘tishda doimiy propiska manzili emas, balki amalda yashab turgan manzil ko‘rsatiladi.

 

Taqdim etilgan maʼlumotlar soliq yoki boshqa davlat organlariga uzatilmaydi, ularning maxfiyligi qonunchilik bilan kafolatlangan.

 

Ro‘yxatga olish axborot tizimi kiritilgan maʼlumotlarni avtomatik tarzda tekshiradi. Xato yoki noaniqliklar aniqlangan taqdirda, 4–28 fevral kunlari mahalla yettiligi vakillari tomonidan qayta ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilishi mumkin.

 

Fuqarolardan savolnomani birinchi martayoq masʼuliyat bilan, to‘liq va ishonchli maʼlumotlar asosida to‘ldirish so‘raladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Aholini ro‘yxatga olishda kiritilgan maʼlumotlar maxfiy bo‘lib, soliq yoki boshqa idoralarga uzatilmaydi — Statistika qo‘mitasi | Zamon.uz